Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “... ishlaringizda ularga maslahat soling!...”
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 HAZRAT PAYG‘AMBARIMIZNING (S.A.V.) AYOLLARGA AJRATGAN DARSLARI HAQIDA “Bir ayol hazrat Payg‘ambarimizga (s.a.v.) dedi: «So‘zingizni tinglashimizga imkoniyat bo‘lmayapti, bevosita o‘zingizdan eshitaylik, bir kunni tayin kiling, kelaylik, Alloh sizga o‘rgatganini bizga o‘rgating!». Hazrat Payg‘ambar (s.a.v) alohida dars o‘tishni qabul qilib, buyurdilar: “Falon kun, falon yerda to‘planinglar!” O‘sha kun kelgach, ularga va’z- nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: “Ey xotinlar, orangizda uch bolasi o‘lgan birorta ham xotin bo‘lmasa kerak, mabodo bo‘lsa, uni o‘sha bolalari parda bo‘lib do‘zax o‘tidan asragaydir”, dedilar. Shunda bir xotin: “Ikkita bo‘lsa-chi?”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Ikkita bo‘lsa ham (parda bo‘lgaydir)”,-dedilar (bu gap otaga ham taalluqli). Ayollarning fikr va tushunchalaridan foydalanish kerak emas, deganlar, ularni fikr- o‘ylarini bayon etmoqdan mahrum qilib, porloq va nurli shariatga, sog‘lom aqlga qarshi chiqadilar. Chunki, mo‘mina ayollar bilan maslahatlashishni bevosita shariat amr etmoqda. Alloh Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: “... ishlaringizda ularga maslahat soling!...” (Oli-Imron surasi, 159-oyat). Diqqat etilsa bu oyati karimada Rasulullohga (s.a.v.) ham mo‘min erkaklar bilan, ham mo‘mina ayollar bilan maslahatlashish amr etilmoqda. Tabiiyki, musulmonlar ham shu amrga tobe’dirlar. Bir xadislarida «Ayollaringizga maslahat soling, ammo ularning aytganlariga teskari ish tuting» deganlar. Oyati karimada faqat erkaklar bilan maslahatlashib, ayollar bilan maslahatlashmaslik kerak, bunga ehtiyoj yo‘q, deydigan bir ishora mavjud emas. Bu oyati karimani faqat erkakka maxsus deyish ayolga muxoliflikdan boshqa narsa emas. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham erkaklarga, ham ayollarga teng yuborilganlar. Allohning va Payg‘ambarining xitoblari ayollarga ham, erkaklarga ham qaratilgan. Bu xitoblarni ochiq bir nass yoki ijmo bo‘lmaguncha erkaklar maxsus etib, ayollarni tashqarida qoldirmoq joiz emas. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ahli ayollari bilan maslahatlashib ish ko‘rganliklari ma’lum. So‘zimiz quruq bo‘lmasligi uchun ushbu hadisni keltiramiz. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bunday deb aytdilar: “Kimki Alloh taologa va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin! Shuningdek ayollar bilan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar...” Rasululloh (s.a.v.)ning siyratlari ayollar bilan maslahat qilish xususida bir ibrat xazinasidir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 6 hijriy yilda 1400 sahoba bilan Madinadan Baytullohning ziyorati uchun borganlarida mushriklar Hudaybiya nomli vodiyda yo‘lni to‘sdilar. O‘sha yerda sulh tuzilib, musulmonlar Ka’bani ziyorat qilmay qaytib ketadigan bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hudaybiyada oyoqqa qalqib; “Ey insonlar, turing qurbonliklaringizni so‘ying. Sochlaringizni oldiring va ehromdan chiqing!”, deya ashobga amr etdilar. Ulardan hech biri joyidan qimirlamadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amrlarini yana bir takrorladilar. Yana qimirlashmadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyruqlarini uchinchi bor takrorladilar. Yana qimirlamadilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zavjalari Ummu Salamaning yonlariga bordilar. Borishlari bilan Ummu Salama: “Yo Rasululloh! Ne bo‘ldi?”, deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ey Ummu Salama! Xalqning (musulmonlarning) bu tutimi nedir? Esankiraydigan hol. Ularga: qurbonliklaringizni so‘ying, sochingizni oldiring va ehromdan chiqing!, deb takror-takror aytdim. Ular so‘zlarimni eshitar, yuzimga boqisharu amrimni bajarmoqka turishmadi?!”, deb nolidilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling