Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 ko‘zlab qilinsa, maqbul emas. Ibodatlarimizni yolg‘iz Alloh rizoligi uchun ado etsak , Alloh kutilmagan joydan ne’matlar yuborib mukofotlantiradi. Ayollar ham Alloh uchun kiyinib, yashasalar, ham bu dunyoda, ham oxiratda mukofotlarini ko‘radilar, inshoalloh. “Ma’naviy foyda” deb ta’riflaganimiz, Alloh rizosi uchun kiyinish va boshqa ibodatlarning ado etilishi hech tugamaydigan jannatga erishtiradi. Janobi Haqqa bir odim yaqinlashsak, u bizga o‘n odim yaqinlashadi. Bir yaxshilik qilsak, Rabbimiz bizga o‘n yaxshilik qiladi. Amallarimizning haqiqiy mukofotini abadiy dunyoda ko‘rishimiz shubhasiz. Yopinchiqning yana bir foydasi – ayolni erkaklarning yomon nazari, zararli energiyasidan saqlaydi. Amerikalik bir shifokor mutaxassis g‘arblik ochiq-sochiq ayollarni teri va tanalari borasida tadqiqot o‘tkazgan. Tadqiqotchi ovro‘palik va amriqolik ayollarning yosh bo‘lishlariga qaramasdan yuzlarida joziba kamayib, ajinlar ko‘payganini, bo‘yoqlari to‘kilgan mashina kapotlarini takror bo‘yagandek bo‘lib, go‘zallashish o‘rniga, aksincha battar buzilganlarini kuzatgan. Amriqolik teri mutaxassisi Sharq musulmon ayollari borasidagi tadqiqoti natijasi tamoman teskariligini, masalan, 70 yoshli musulmon ayolning 35-40 yoshdagi ayolday badanida tirish yo‘qligini va yuzi g‘oyatda nurli ekanini ko‘rdi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, G‘arb ayollaridagi teri raki musulmon o‘lkalardagi ayollarda yo‘q darajada. Tadqiqotchi buning sababini shunday tushuntiradi: “Mashina faralaridan taralgan nurlar pashsha va quyonni qanday behuzur qilsa, erkaklar ko‘zidagi elektromagnit to‘lqinlari – alfa, betta va gamma nurlar ham ayollarning badaniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”7 . Tadqiqotchi Sharq jamiyatidagi musulmon ayollarning yuz terilari keksa bo‘lishiga qaramasdan uncha burishmaganiga va terisida saraton (rak) kasalliklari deyarli yo‘qligiga tasattur sabab ekaniga, u ayollar tanini quyoshning zararli nurlariga va erkaklarning elektromagnit to‘lqinlariga to‘yingan nazarlariga to‘siq bo‘lib xizmat qilishiga va bu hikmatli ekaniga qanoat hosil qilibdi. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling