Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Yotoqni tark etmaslik haqida
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Yotoqni tark etmaslik haqida: jimo’ (jinsiy munosabat)ning er-xotin hayotida muhim
o‘rni bor. Bu borada erkak faolroqdir. Bu jihatdan xotini uning bu talabini qo‘ldan kelguncha bajarishga g‘ayrat qilishi kerak. Bu xususda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Bir kishi ehtiyoji uchun xotinini chaqirsa, tandir-o‘choq boshida bo‘lsa ham kelsin”. Yana shu ma’noda: “Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolg‘iz uxlasa, maloikalar uni to erining qo‘yniga qaytgunga qadar la’natlaydilar”. Hazrati Oysha onamizdan (r.a.) shunday rivoyat keladi: “Ba’zan erimiz bizni hohlaydilar. Biz xafaligimizdan yoki xohlamaganimizdan rad etamiz, buning zarari bormi?”, deb so‘radik. Oysha (r.a.) onamiz: “ha, bor, eringning senda shunday haqlari borki, seni tuyaning ustida xohlasa, mone’lik qilmaysan”, deb javob berdilar. Ammam yana so‘radilar: “Ba’zan oy ko‘rganimizda, alohida yotoq bo‘lmasa, nima qilamiz?” Hazrati Oysha (r.a.) shunday dedilar: “Izor (yubkaga o‘xshash etak)ini yaxshilab bog‘lasin, so‘ngra erining yoniga kirsin. Izorining usti eriga haloldir. Yana senga shuni qo‘shimcha qilay: Mening kecham (navbatim) edi. Tegirmonda arpa un tortib, bir necha dona non yopdim. Rasululloh (s.a.v.) ichkariga kirdilar. Eshikni itardilar. Masjidga kirdilar. Rasululloh uxlamoqni istasalar eshikni qulflar, mesh og‘zini bog‘lar, suvidish ustini yopar va chiroqni o‘chirardilar. O‘zlarini kutdim, qaytib kelsalar non bilan siylamoqchi edim. Kirmadilar. Nihoyat meni uyqu bosdi. Non ham sovidi. So‘ngra Rasululloh kirib, meni turg‘azdilar: “Meni isit, meni isit”, dedilar. Men hayzli ekanimni aytdim. “Zarari yo‘q”, dedilar... So‘ngra qo‘shnimizning boqma qo‘yi kirib, yopgan nonlarni tishlab qochdi. Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 54 Shunga ovora bo‘ldim, Rasululloh uyg‘ondilar. Qo‘yni eshikkacha quvdim. Rasululloh (s.a.v.): “Ulgurganingni ol, qo‘y uchun qo‘shningga aziyat berma!”, dedilar”. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling