Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Eri uchun bezanmoq: Ayol yaratilishi jihatidan go‘zal bo‘lsa-da, bu go‘zallikni ziyoda qiluvchi ziynatdan uzoq bo‘lmasligi kerak. Avvalo, bu eri oldidagi vazifasidir. Ummu Laylo dedilar: “Bizga Rasululloh (s.a.v.) bay’at etdik. Bizga bergan buyruqlari orasida shular bor edi: “... oyoqlaringizga xina qo‘ying, g‘usl qilganda sochlaringizni tarang, qo‘llaringizga xina qo‘ying. Kuchingiz yetsa, kumush bilakuzuk taqing. Kuchingiz yetsa, qayish (uzun ingichka teri – sirim) ishlating, faqat aslo erkaklarga o‘xshamang”. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollarni erlari, mahramlari oldida pardoz-andoz qilib, taqinchoqlar taqib orasta yurishdan qaytarmaganlar, aksincha shunga buyurardilar ham. Faqat ayol eri o‘lsagina pardoz qila olmas edi. Bu xususda ushbu hadis kelgan. Ummu Atiyya: “Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarildik, er o‘lsagina 4 oyu 10 kun aza tutmoq mumkin edi. Bu muhlat mobaynida na surma, na atir-upa va na yamaniy kiyim kiyar edik” dedilar. Mashhur arab adabiyotchisi Asmoiy (749/828) naql etadilar: “Cho‘lda bir ayolni ko‘rdim, qirmizi ko‘ylak kiygan, qo‘llariga xina qo‘ygan. Ayni zamonda qo‘lida tasbehi ham bor, buni ko‘rib “tasbeh ne, bu bezak ne”, dedim. Ayol: “Mening bir Allohga oid bo‘lgan, bir nafsim va bo‘sh vaqtimga oid bo‘lgan tarafim bor”, degan ma’noda she’r aytdi. Bildimki, u eri uchun bezangan yaxshi xotin ekan”. Shuni ham unutmaslik kerakki, agar bir xotin go‘zal bo‘lsa, bu bilan erini kamsitmasligi, unga g‘urur qilmasligi kerak. Yana Asmoiy sahro sarguzashtlaridan so‘zlaydilar: «Cho‘lga chiqdim. U yerda g‘oyat go‘zal ayolni ko‘rdim, eri juda yoqimsiz edi. “Bunga qanday rozi bo‘lding?”, dedim. Menga shunday dedi: “Jim bunday gapirma, har holda erim, Allohga xush keluvchi bir ish qilgandirki, mukofot sifatida meni unga berdi. Men Alloh rozi bo‘lmaydigan bir ish qilgandirmanki, jazo sifatida uni menga bergandir. Alloh rozi bo‘lganiga men rozi bo‘lmayinmi?”. Men jim bo‘ldim”. Ayollarimiz masalaga shunday yondosha olsalar edi, turmush muammolari osonroq hal etilardi. Hozir musulmonman, degan ba’zi ayollarimiz G‘arb ayollariga monand pardoz-andoz qilishga ko‘p xunuk taqlidlar qiladilar. Ba’zi holatlar Islom dinida aytib o‘tilgan: Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling