Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
joningni olsin, u senning yoningda omonatdir. Ko‘p o‘tmay seni qoldirib, bizning
yonimizga keladi”, deydi”.
Abu Umoma al-Bohiliy aytadilar: “Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir ayol keldi.
Yonida
ikkita sut emadigan bolasi bor edi. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) nimalardir so‘radi.
Rasululloh (s.a.v.) uch dona xurmo berdilar. U har bolasiga bittadan xurmo berdi.
Bolaning biri yig‘ladi. Xotin bir dona xurmoni ikkiga bo‘lib, bolalariga berdi. Bundan
ta’sirlangan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: “Bular bolalarini qorinlarida
ko‘taradilar, so‘ngra tug‘adilar, emizadilar, mehr-shafqat bilan o‘stiradilar.
Agar erlariga
ozor-aziyat bermasalar, namoz o‘qiganlari jannatga kiradi” .
Erlari rozi bo‘lgan xotinlarga mana bu xushxabarni yetkazdilar: “Qaysi xotinning eri
undan rozi holda o‘lsa, u xotin jannatga kiradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: