Microsoft Word b5ce79ed237e779bce48b75ca8d21c559e8d2a554d2836c7d18d58fb88788c79


Strategik rejalashtirish jarayoni


Download 296.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana07.05.2023
Hajmi296.44 Kb.
#1437911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O\'zgarish 26.05.2023

Strategik rejalashtirish jarayoni
Strategik rejalashtirishning muhim bosqichlari quyidagilardir:

Strategiyani shakllantirish;

Strategiyaga aniq shakl berish;

Baholash va nazorat.
Ushbu bosqichlarga qisqacha ma‘lumot beramiz. A bosqichi to‘rtta qadamdan
iborat:
1-qadam. Korxonaning iqtisodiy faoliyati maqsadlarini aniqlash.


Bu qadamda quyidagi savollarga javob topish kerak: bozor – mahsulot munosabati qanday 
bo‘lishi kerak? Qanday hududiy bozorlarga chiqamiz? Korxona funksiyalari qanday belgilanishi 
lozim? So‘nggi savolni aniqlashtirish uchun quyidagi misolni ko‘ramiz: korxona o‘z mijozlariga 
mahsulotni avtomashinada yetkazib beradi. Bunday korxona o‘zini transport korxonasi deb 
hisoblaydi va asosiy funksiyasini aniqlaydi. Ammo asosiy funksiya keng na‘noda ko‘rib 
chiqiladi, masalan, ta‘minot xizmatlarini ko‘rsatish. Agar korxona faqat mahsulot tashish emas, 
balki boshqa xizmatlarni ham bajarsa, masalan, o‘rash, qutilarga joylashtirish, hujjatlar bo‘yicha 
hisobga olish va h.k. xizmatlarni ko‘rsatsa, ta‘minot xizmatlarini ko‘rsatuvchi hisoblanadi.
2-qadam. Tashqi muhitdagi omillar (tashqi tahlil).
Tashqi muhit deganda, korxona faoliyatiga ta‘sir etuvchi tashqi holat majmuasi tushuniladi. 
Strategik qarorlarni qabul qilish uchun hamma omillar ham muhim emas. Tarmoqning 
rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillar, ya‘ni hukumat siyosati (subsidiyalar, atrof muhitni himoya 
qilish bo‘yicha talablar, umumiy
iqtisodiy holat, konyunktura, jahon savdosi) va texnologiya sohasidagi yaratmalar muhim o‘rin 
egallaydi. Ko‘p hollarda bu oxirgi omil hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga katta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Ikkinchi qadam tashqi muhitda korxona kutishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va xavflar 
to‘g‘risida tushuncha beradi. 
3-qadam. O’z-o’zini tahlil qilish (ikkinchi tahlil).
Ikkinchi qadamda aniqlangan xavflardan saqlanish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish 
uchun korxona imkoniyatlarini bilish zarur, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish 
kerak. Bu yerda so‘z ikkinchi tahlil, korxonadagi holatning tahlili to‘g‘risida bormoqda. Korxona 
ichidagi holat ham tashqi omillar singari o‘zgarishlarga o‘xshashdir. Ba‘zi bir holatlar ta‘sirida 
ijobiy omillar salbiyga, salbiylari esa ijobiyga aylanishi mumkin. Korxona kuchi va quvvatini 
aniqlovchi ishlab chiqarish faoliyatining ko‘plab ko‘rinishlari mavjud. Ichki tahlilda quyidagi 
asosiy funksiyalar hisobga olinadi:

Moliya (moliyaviy holat, xarajatlar tarkibi);

Mehnat resurslari (malakali bilim va qobiliyat, ishga munosabat,
qo‘nimsizlik);

Mahsulotni sotish va marketing (bozorni ko‘rib chiqish, sotish apparati);

Mahsulot ishlab chiqarish (samara, texnologiya);
1.
Tadqiqotlar va yaratmalar (yangi mahsulot turlarini yaratish, yangiliklar kiritish).
4-qadam. Strategiyani shakllantirish.
Barcha ishlar to‘g‘ri boshqarilsa, 1-qadamda aniq maqsad qo‘yiladi, 2- qadamdan so‘ng 
tashkilotga tashqaridan qanday xavf va imkoniyatlar borligi aniq bo‘ladi. Navbatdagi 3-
qadamdan so‘ng tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. Imkoniyatlar va xavf-
xatarni kuchli yoki kuchsiz tomonlar bilan bog‘lash kerak. Bunday munosabat asosida qo‘yilgan 
maqsadga erishishga yordam beradigan strategiya yaratiladi.


Albatta, bu ishlarni aytish oson, ammo bajarish birmuncha murakkabdir.
B bosqich. Strategiyaga aniq shakl berish.
Strategiyaga aniq shakl berish, bu – korxona faoliyatiga mos keluvchi dasturlar, rejalar va 
budjetlar ta‘sirida shakllantirilgan strategiyani nazarda tutamiz. Bularga operativ menejment 
(bo‘lim menejerlari, biznes menejerlari va funksional darajadagi menejerlari) javob beradi.
C bosqich. Baholash va nazorat.
Baholash va nazorat – faoliyat va uning natijalari avval rejalashtirilgani bilan solishtiriladigan 
jarayondir. Baholash strategik rejalshtirishning so‘nggi bosqichi bo‘lgani bois u avvalgi jarayon 
bilan qator aloqaga ega bo‘ladi. Barcha farq qiluvchi ko‘rsatkichlar qayd qilinadi, ularning sabab 
va oqibatlari aniqlanadi. Zarur hollarda strategiyaga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Download 296.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling