Microsoft Word baholash tartibi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 2.89 Mb.
bet189/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang?
2. Davlat asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha xavsifini bering?
3. Bozor iqtisodyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
4. Tartibga solish o’z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo’yadi?
5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullariga tavsif bering.
6. Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko’rsating.
7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol o’ynaydi?
8. Davlat iqtisodiy dasturlari qanday amalga oshiriladi?
21-MAVZU. AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI

Reja:
1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.
2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
3. Davlatning ijtimoiy siyosati.

Asosiy tayanch tushunchalar: Aholi daromadlari, nominal daromad, ixtiyorida bo’lgan daromad, real daromad, lorens egri chizig’i, ijtimoiy to’lovlar, ijtimoiy siyosat.

KIRISH

Mavzu aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish hamda uning darajasini belgilab beruvchi asosiy omillarni qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Keyin bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy sabablari ko’rib chiqiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar Tahlil qilinib, tengsizlik va samaradorlik o’rtasidagi nisbat ko’rsatib beriladi. Mavzu kambag’allik muammosi, aholi daromadlarining yetarli darajasini ta’minlash bo’yicha davlat dasturlarini qarab chiqish bilan yakunlanadi.



1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari

«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi.



Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling