Microsoft Word baholash tartibi


Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi - aholining


Download 2.89 Mb.
bet194/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi - aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazilganligi bo’ldi. Bu yo’nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish -ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo’llab-quvvatlash bilan birga, o’z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani tushunasiz?
2. Ijtimoiy adolatni ta’minlashda aholi daromadlarini shakllantirish siyosatining roli qanday?
3. Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni sanab ko’rsating.
4. Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering.
5. Turmush darajasini qanday ko’rsatkichlar harakterlab beradi?
6. Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko’rsating va ularga tushuntirish bering.
7. O’zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi davrdagi asosiy yo’nalishlariga o’z fikringizni bildiring.
IV - B O’ L I M. JAHON XO’JALIGI

22-MAVZU. JAHON XO’JALIGI VA UNING EVOLYUTSIYASI.

Reja:

1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjaxon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi


2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari.
3.Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va ob’ektiv asoslari.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling