Microsoft Word baholash tartibi


Ijtimoiy to’lovlar - kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy


Download 2.89 Mb.
bet193/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Ijtimoiy to’lovlar - kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi Jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish .hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko’rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlariga narxning o’sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o’sishiga bog’liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilish da ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholining kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda kashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal norma bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish - bu narxlar erkinlashtirilish va pulning hadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi - ishchi iste’mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulot lari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling