Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet205/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Absorbtsiya - yalpi ichki mahsulot ning mazkur mamlakatdagi uy xo’jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan kismi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o’z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar, ko’chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.
Kapital harakati Aktivlar sotishdan _ Chetdan aktivlar sotib
balansi tushumlar olishga sarflar
Chet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zahiralarini ko’paytiradi, ularni sotib olish esa kamaytiradi. Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining sotilishi va sotib olinishi rasmiy zahiralar bo’yicha operatsiyalar, deyiladi. Bu operatsiyalar Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy zahiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar miqdorining o’zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.

3. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari

Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta - bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi - valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi elementlar kiradi:
- milliy pul birligi;
- valyuta kursi tartibi;
- valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlari;
- valyuta bozori va oltin bozori tizimi;
- mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
- mamlakat oltin-valyuta zahirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;
- mamlakatning valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling