Microsoft Word baholash tartibi


Xalqaro valyuta fondi (XVF)


Download 2.89 Mb.
bet207/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Xalqaro valyuta fondi (XVF) o’ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to’lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-Moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’p tomonlama to’lovlari tizimini va tashqi narxlarini nazorat qiladi.
Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamJamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barkarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlatlar o’rtasidagi to’lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi EKYu muomalaga kiritildi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u quyidagilarni takozo etadi:
- Moliya bozorlarining to’liq integratsiyalashuvi;
- kapitallar harakatining to’liq erkinlashuvi;
- barcha valyutalarning to’liq konvertatsiyasini taьminlash va pirovardida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro valyuta-Moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan bo’lib, u o’zining ikkita filiali - Xalqaro Moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.
Xalqaro Moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini Moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko’proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendentsiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-harakatlarning boshqa mamlakatlar to’lov balansiga taьsirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko’rsatkichlari asosida, jahon xo’jaligi rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olgan xolda, milliy iqtisodiyotlarning o’zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo’yicha tavsiyalar beriladi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling