Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet58/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

KIRISH


Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun maxsus o’tish davri zarur bo’lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu mavzuda o’tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari bayon qilinadi. Shuningdek, O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni, maqsadi va asosiy yo’nalishlari ko’rsatib beriladi.
Mavzu bozor munosabatlariga o’tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo’llarini tahlil qilish bilan yakunlanadi.

1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari


Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida elementlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri - ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro’y bergan muhim o’zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to’g’risidagi nazariyalarni qaytadan ko’rib chiqish va ularga jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g’arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solish g’oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g’oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo’llarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti, deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari (modellari) xilma-xil bo’lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari birlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo’linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo’li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li:

  1. sobiq sotsialistiq mamlakatlar yo’li;

  2. sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Xitoy, Vьetnam).

Bu yo’llar turli-tuman va har xil bo’lishiga qaramay, ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga, har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistiq mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriybuyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir. Bu yo’lning boshqa yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisod iyoti bilan umumiyligi yo’q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga, uchinchi yo’lda bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarning o’zi o’tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning mazkur yo’lining o’ziga xos xususiyatlaridir.
Jaxon tajribasi ko’rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyutsion yo’l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyutsion yo’l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin. Birinchi xolda, tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom sindirish talab etilio, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich, yangi bozor munosabatlariga alishtira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shakllantirib vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, evolyutsion yo’l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning oddiy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polьsha andozalari va hokazo.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tishning zarurligi iqtisodiy o’sishning ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotni amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:

  1. uning moslashuvchan emasligi, ro’y berayotgan o’zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi;

  2. xo’jalik yuritish tashabbuskorligini «yo’qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligi.

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tish turli mamlakatlarda umumiy tendentsiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o’zgarishlarni o’z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o’zida Moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o’zgartirish mazkur tizim asosining o’zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o’zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling