Microsoft Word baholash tartibi


Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish


Download 2.89 Mb.
bet129/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir necha xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va Moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma’lum bir xududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko’ngilli va paychilik mablag’lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin. Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rnini va xususiyatlarini ko’rsatib bering.
2. «Yerga egalik» va «yerdan foydalanish» tushunchalarini izohlang.
3. Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko’rsatib
bering.
4. Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring.
5. Differentsial (I va II) va absolyut rentaning hosil bo’lish shart-sharoitlari, manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering.
6. Monopol renta nima?
7. Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo’ladi?
8. «Ijara haqi» va «yer rentasi» ning farqlarini izohlang.
9. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering.
10. Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushunchalari iqtisodiy mazmuniga o’z fikringizni bildiring.


Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling