Microsoft Word baholash tartibi


Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar


Download 2.89 Mb.
bet146/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.

Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. SHuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir sub’ektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);
- davlat byudjeti mablag’lari;
- chet elliklar mablag’lari.
Mamlakatimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o’zgarib bormoqda (16.2-jadval). Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag’larining ulushi kamayib, korxona mablag’lari, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hamda nobyudjet fondlar mablag’larining ulushi oshib bormoqda.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling