Microsoft Word baholash tartibi


-chizma. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli


Download 2.89 Mb.
bet149/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

11.7-chizma. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli.
CHizmadan ko’rinadiki, grafik ko’rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o’qda jamg’arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o’qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg’arma darajasi milliy daromad hajmiga bog’liq holda o’zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko’rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog’liq bo’lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi.
Grafikda investitsiya va jamg’arma egri chiziqlari Ye nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to’la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg’arma muvozanatini (EF nuqta) ta’minlash uchun investitsiya IF darajada bo’lishiga erishish lozim bo’ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko’ra, investitsiya va jamg’arma darajasining muvozanati to’la bandlik bo’lmagan sharoitda ham ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi.
Investitsiya va jamg’arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o’rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro’y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to’la bandlik holatida bo’lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko’rib chiqilganidek, bu muvozanatga to’la bandlik bo’lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo’ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg’arma foiz stavkasining funktsiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funktsiyasi sifatida qaraladi.
Demak, yuqoridagilardan ko’rinadiki, jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to’la bandligi mavjud bo’lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan modelь hisoblanadi. SHunga ko’ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko’rib chiqish va tahlil qilishda asosan ushbu modeldan foydalanamiz.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.
2. Iste’mol va jamg’armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko’rsating.
3. Iste’mol va jamg’arma funktsiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo’llagan holda tushuntiring.
4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg’arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo’ladi?
5. Jamg’arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
6. Iste’molga va jamg’armaga o’rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste’mol va jamg’armaga qo’shilgan moyillik qanday aniqlanadi?
7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering.
8. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?
9. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini tushuntirib bering.
10. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering.


Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling