Microsoft Word baholash tartibi


-MAVZU. IQTISODIY TARAQQIYOTIQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK


Download 2.89 Mb.
bet150/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

16-MAVZU. IQTISODIY TARAQQIYOTIQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK

Reja:
1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari.
2. Iqtisodiy o’sishning omillari.
3. Iqtisodiy o’sish modellari.
4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.

Asosiy tayanch tushunchalar: Iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy o’sish, iqtisodiy o’sish mezoni, iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari, ekstensiv iqtisodiy o’sish, intensiv iqtisodiy o’sish, iqtisodiy o’sish omillari, milliy boylik, moddiy-buyumlashgan boylik, tabiiy boylik, ma’naviy boylik

KIRISH

Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li - bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Shu sababli mavzu iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Mavzu davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishini, iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga ham o’rin ajratiladi.



1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari

Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.


Iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi o’sish sifatining yahshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sishni YAIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqkoslashda qo’llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqikiy o’sishini to’liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmayda.
Shunga ko’ra, iqtisodiy o’sishning barcha tavsifi yillik o’sish sur’atlarining foizdagi o’lchovida to’liq o’z ifodasini topadi:

bu yerda:
O’S - iqtisodiy o’sish sur’ati, foizda;
YAIMbazis davr - taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi;
YAIMjoriy davr - joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi.
Mamlakatimizda keyingi yillar davomida YAIMning o’sish sur’ati hamda aholi jon boshiga o’sishi to’g’risidagi ma’lumotlarni 13.1-jadvaldan ko’rish mumkin:


Yillar

Ko’rsatkichlar

Nominal YAIM,
Mlrd.so’m

YAIMning o’sish sur’ati,%

YAIMning aholi jon boshiga o’sishi,%

1997

976.8

5.2

3.3

1998

1416.2

4.4

2.6

1999

2128.7

4.3

2.8

2000

3255.6

4.0

2.5

2001

4868.4

4.2

3.1

2002

7469.3

4.2

3.2

2003

9664.1

4.4

3.2

2004

12189.5

7.7

6.5

2005

15923.4

7.0

6.6

2006

20759.3

7.3

6.8

Shuningdek, iqtisodiy o’sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko’payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’ining o’ng tomonga qarab siljishiga olib keladi. Aytaylik, 2006 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi 2000 yildagiga nisbatan o’sdi. Bu o’sish o’z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’ining ham kengayishiga olib keladi (13.1-chizma).


Chizmadan ko’rinadiki, iqtisodiy o’sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to’laroq qondirish imkoniga ega bo’ladi.


Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling