Microsoft Word baholash tartibi


-chizma. Jamg’arma funktsiyasining grafikdagi tasviri


Download 2.89 Mb.
bet143/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

11.2-chizma. Jamg’arma funktsiyasining grafikdagi tasviri.

CHizmadan ko’rinadiki, jamg’arma funktsiyasining grafikdagi tasviri iste’mol funktsiyasi tasvirining aksi sifatida namoyon bo’ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0 darajadagi jamg’arishni, 0Y yotiq chizig’ining 0 darajadan pastki qismi manfiy jamg’arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg’arishni anglatadi. Ye0E2 kesma sof daromadning Y1 darajasidagi jamg’arma miqdorini ko’rsatadi.


Iste’mol va jamg’arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir ko’rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga bog’liq bo’lmagan omillardan iborat bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- barcha xo’jaliklar tomonidan jamg’arilgan mol-mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- real foiz stavkalari;
- iste’molchining qarzdorligi darajasi;
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Sub’ektiv omillar asosan iste’molchining o’ziga, uning ruhiyati va bozordagi hatti-harakatiga bog’liq bo’ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg’arishga bo’lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining o’zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin.
Sub’ektiv omillar ta’sirida iste’mol va jamg’arma darajasining o’zgarishini shartli ma’lumotlar asosida tuzilgan quyidagi jadval orqali ko’rib chiqamiz.
11.3-jadval. Iste’mol va jamg’arma darajasi, mlrd. so’m
(shartli raqamlar asosida)



Yil-lar

Daro-mad darajasi (Y)

Iste’-mol
(C)

Jam-g’arma
(S)

Icte’molga o’rtacha moyillik
(S : Y)

Jamg’a-rishga o’rtacha moyillik
(S : Y)

Iste’molga keyingi qo’shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)

Jamg’arishga keyingi qo’shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)

1995

1500

1300

200

0,87

0,13

-

-

2000

1800

1500

300

0,83

0,17

0,67

0,33

2004

2200

1700

500

0,77

0,23

0,50

0,50

Jadvaldan ko’rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan uning iste’mol va jamg’armaga sarflanishi o’rtasidagi nisbat o’zgarib bormoqda. Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o’sib borgan sari ularning jamg’armaga bo’lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste’mol va jamg’armaga bo’lgan o’rtacha va keyingi qo’shilgan moyillik ko’rsatkichlari orqali ham kuzatish mumkin.



Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling