Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet203/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

1) boj to’lovlari. Boj to’lovlari import tovarlarga aktsiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
2) import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig’ida import qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarning maksimal hajmi o’rnatiladi;
3) tarifsiz to’siqlar. Tarifsiz to’siqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qo’yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar tushuniladi;
4) eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo to’siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chetel firmalari o’zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.
Erkin savdo (fritrederlik) siyosati protektsionizm siyosatining aksi bo’lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o’sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qishartirish. milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit-Moliyaviy usullar yordamida uni rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Eksportni rag’batlantirishning tashkiliy usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko’rsatish uchun maxsus bo’linmalarni tashkil etish;
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;
- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko’maklashuv;
- xorijiy mamlakatlarda ko’rgazmalar tashkil etishda yordam ko’rsatish;
- milliy kompaniyalarni diilomatik jihatdan ko’llab-quvvatlash va x-k.
Eksportni rag’batlantirishning kredit-Moliyaviy usullari quyidagilardan iborat:
- eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash;
- eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar berilishini rag’batlantirish;
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug’urtalash;
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to’lashdan ozod etish va h.k. Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to’siq sifatida bojxona bojlarini keltirish mumkin.
To’lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig’ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling