Microsoft Word baholash tartibi


Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi


Download 2.89 Mb.
bet204/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlardan iborat. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining debet va kredit qismlarida o’z ifodasini topadi.
Kredit - qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo’lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida koplovchi to’lovlar ekvivalentini oladi. Debet - qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo’lib, uning hisobiga rezidentlar chet el valyutalari sarflaydi. To’lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy summasiga teng bo’lishi zarur.
To’lov balansidagi barcha bitimlar o’z ichiga joriy va kapital bilan operatsiyalarni olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi (20.1-jadval):
1) joriy operatsiyalar hisobi;
2) kapital harakati hisobi;
3) rasmiy zahiralarning o’zgarishi.
Mamlakatning tashqi savdo balansi (to’lov balansi) mazkur davlatning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun indiqator bo’lib xizmat qiladi.
Tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi farq savdo balansini tashkil qiladi.

20.1-jadval.To’lov balansining tuzilishi.


1.Joriy operatsiyalar hisobi

1.tovar eksporti

2.tovar importi

Tashqi savdo balansi qoldig’i

3.Xizmatlar eksporti (chet el turizmidan daromadlar va h.k. –kreditli xizmatlar)

4.Xizmatlar importi (turizm uchun chet elga to’lovlar va h.k.
-kreditli xizmatlar)

5.Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)

6.Sof transfertlar

Joriy operatsiyalar bo’yicha balans qoldig’i

II.kapital harakati hisobi

7.Kapital kirishi

8.Kapital oqib chiqishi

Kapital harakati balansi qoldig’i

Joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi qoldig’i

III.rasmiy zag’iralarning o’zgarishi

Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo’yilgan milliy pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo’yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo’yilgan chet el kapitaliga qaraganda ko’proq miqdorda foiz va dividend keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo’ladi.


Sof transfertlar xususiy va davlat mablag’larning boshqa mamlakatlarga o’tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg’a, chet elga pul o’tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Buvday to’lovlar mamlakatda mavjud chet el valyutalari zahirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig’i quyidagicha ifodalanadi:


Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling