Microsoft Word Bas db access L. doc
Импорт электронной таблицы ustasining beshinchi muloqat oynasi
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Access 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Счетчик
- Импорт в таблицу
- Анализатор таблиц-Жадваллар
- Конструктор
Импорт электронной таблицы ustasining beshinchi muloqat oynasi
13. Elektron jadvallarni import qilish ustasining beshinchi qadamida yangi jadvalning kalit maydonlarini aniqlash mumkin. Access import qilinayotgan jadvalga avtomatik ravishda Счетчик turidagi kalit maydonni qo‘shishi va jadvalning har bir qatoriga unikal nomer berishi uchun автоматически создать ключ (Let Access add Primary Key) pereklyuchatelini tanlang. Import qilinayotgan yacheykalar diapazonining biror ustunini jadvalning kalit maydoni sifatida aniqlash uchun определить ключ (Choose my own Primary Key) pereklyuchatelini tanlang va ochiluvchi ro‘yxatdan ustun nomini ajrating. Agar import qilinuvchi jadval uchun kalit maydon aniqlash talab qilinmasa, u holda не создавать ключ (No Primary Key) TATU NF Access 2003 Laboratoria ishi Bobojonov Elmurod 75-bet pereklyuchatelini tanlang. Далее tugmasini bosing. Oxirgi muloqat oynasi ochiladi. Kalit maydonni jadvalning biror ustuni asosida aniqlashdan oldin bu ustun yacheykalari unikal qaymatlardan tashkil topganiga amin bo‘ling. 14. Импорт в таблицу (Import to Table) kiritish maydonida yangi jadvalning nomini ko‘rsating. Odatda Access yangi jadvalning nomi sifatida import qilinayotgan ishchi varaq yoki yacheykalar diapazoni nomini ishlatadi. Ma’lumotlarni import qg‘ilish tugashi bilanoq Анализатор таблиц-Жадваллар tahlilchisini ishga tushirish mumkin. U jadval strukturasini optimallashtiradi, masalan, qaytariluvchi ma’lumotlarni chiqarib tashlaydi. Buning uchun Проанализировать таблицу после импорта данных (I would like a wizard to analyze my table after importing the data) bayrog‘i o‘rnatiladi. Ma’lumotlarni import qilish jarayonini tugallash uchun Готово (Finish) tugmasini bosing. Ma’lumotlarni import qilish tugagandan so‘ng bu tadbirning muvavvaqiyatli bajarilgani to‘g‘risida xabar paydo bo‘ladi. Agar elektron jadvallarni import qilish ustasining oxirgi qadamida berilgan jadval nomi ma’lumotlar bazasida mavjud jadval nomi bilan ustma-ust tushsa, u holda Access sizdan mavjud faylni yangisi bilan almashtirish yoki hosil qilinayotgan jadvalni qayta nomlash haqida so‘rovchi muloqat oynasini chiqaradi. Import qilinayotgan jadvalning mos maydonlarining turlarini avtomatik aniqlashda Access importqilinayotgan yacheykalar diapazonining birinchi 20 ta qatorini ko‘rib chiqadi. Masalan, agar import qilinayotgan diapazondagi har bir sonli qiymatlardan tashkil topsa, u holda shu ustunga mos maydonga ma’lumotlarning sonli qism turlaridan biri beriladi (qism turlarni tanlash Excel ishchi varag‘ining formatlash parametriga bog‘liq). Agar birinchi 20 ta yacheykada son, qolganlarida esa matn uchrasa, u holda Access ma’lumotlar maydonining turini o‘zgartirmaydi, balki import xatoligi jadvalini hosil qiladi. Unda har bir yozuv bitta xatoga mos keladi. Xato sodir bo‘lganda import jarayoni tugagandan so‘ng bu haqda xabar beriladi va import xatoligi jadvalining nomi ko‘rsatiladi. Import xatoligi jadvali xato sodir bo‘lgan yozuvlarni topish va ularni tuzatish imkonini beradi. Ammo eng to‘g‘ri yo‘l Excel ishchi varag‘ini to‘g‘rilash va ma’lumotlarni import qilishni qaytarish hisoblanadi. Xatolar to‘g‘rilangandan so‘ng bu jadvalni o‘chirib tashlang. Import qilingan jadval ma’lumotlar bazasining oynasida paydo bo‘ladi. Kutilgan natijaga erishganligingizga ishonch hosil qilish uchun unda sichqonning chap tugmasini ikki marta bosib, import qilingan jadvalni Таблицы holatida oching. TATU NF Access 2003 Laboratoria ishi Bobojonov Elmurod 76-bet Ishchi varaqni import qilishda ma’lumotlar maydonining qanday turlari tanlanganini bilish uchun ma’lumotlar bazasining oynasida hosil qilingan jadvalni Конструктор holatida oching. Qo‘shilgan jadvallardan farqli o‘laroq, import qilingan jadvallar maydonlarining barcha xossalarini o‘zgartirish mumkin. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling