Microsoft Word Bas db access L. doc
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Access 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Satriy yoki matn o‘zgarmaslar deb
- Sana/Vaqt o‘zgarmaslari
O‘zgarmaslar
Accessda o‘zgarmaslar mavjud: sonli, satriy va sana va vaqt o‘zgarmaslari. • Sonli o‘zgarmaslar deb raqamlar, zarurat bo‘lganda sonning ishora belgilari (+) va (-), o‘nli nuqta belgisi (.), sonlarning eksponensional ko‘rinishdagi yozuvida tartib belgisi (Е) yoki (е) lardan iborat ketma ketliklarga aytiladi. Musbat sonlar uchun (+) belgisini yozish hart emas. Sonli o‘zgarmaslarga misollar: 12345; -12.345; -6.76Е-23. • Satriy yoki matn o‘zgarmaslar deb Chr$ (), funksiyasi qaytaradigan ixtiyoriy belgilar va ularning kombinatsiyalariga aytiladi. Chr$ () funksiyasi belgilarni Windows ishlatadigan ANSI kodlar jadvali kodirovkasida qaytaradi. Chop qilinadigan belgilardan tashqari (harflar, raqamlar, punktuatsiya belgilari va klaviaturaning maxsus belgilari, masalan "@", "~" va boshqalar ) bu funksiyaning natijasi boshqarish belgilari ham bo‘lishi mumkin, masalan tabuliatsiya belgisi, ko‘chirish belgilari va boshqalar. Chop qilinadigan belgilar ikkita to‘g‘ri qo‘shtirnoq ichiga olib yozilishi kerak. Ko‘p hollarda, masalan jadval yacheykalariga yoki so‘rov blanklariga satriy o‘zgarmaslarni kiritishda qovuslarni Accessning o‘zi qo‘shadi, boshqa hollarda buni o‘zimiz bajarishimiz shart. Quyidagi ifoda murakkab satr o‘zgarmasga misol bo‘lishi mumkin: Chr$(9) & "Отступ" & Chr${10)& Chr$(13)& "Yangi qator" Bu yerda Chr$ (9) — Chr$(13) - qatorni ko‘chirish belgisi. Barcha qism qatorlar konkatenatsiya operatori yordamida birlashtirilgan. • Sana/Vaqt o‘zgarmaslari Accessda # belgisi bilan ajratiladi. Barcha boshqa o‘zgarmaslar bilan bo‘lgan qatori, agar dastur so‘rovlar blankiga sana va vaqtning Access standart formatida kiritilishini ajrata olsa, u holda bu belgilar avtomatik ravishda qo‘shiladi. Sana va vaqt o‘zgarmasiga misollar: #26/04/75#, #22-Маг-74#, #10:35:30#. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling