Microsoft Word Bas db access L. doc


So‘rovda ma’lumotlarni saralash


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/96
Sana24.09.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1686902
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
Bog'liq
Access 1

7.2.5 So‘rovda ma’lumotlarni saralash
So‘rovlar bajarilishi davomida qatnashadigan yozuvlar Recordset dinamik ma’lumotlar 
to‘plamida alfavit bo‘yicha o‘skuchi yoki kamayuvchi tartibida saralanishi mumkin. Bir paytning 
o‘zida bir nechta maydon (10 tagacha) tashkil etuvchilari ustida saralash ishlarini bajarish mumkin. 
Saralashni bajarish uchun so‘rov blankining maydon nomiga ega va saralash bajarilishi zarur bo‘lgan 
ustuniga o‘tiladi, Сортировка satrida saralash usullari ko‘rsatiladi. Bu qatorda sichqon bosilganda 
saralash usullari ko‘rsatilgan ro‘yxat maydoni paydo bo‘ladi. Отсутствует qiymati mazkur maydon 
bo‘yicha saralashni bekor qilishni bildiradi. 
7.2.6 So‘rovda maydonlarni aks ettirishni bekor qilish 
Zarurat tug‘ilganda yozuvlarning natijaviy to‘plamida maydonlarni aks ettirishni bekor qilish 
mumkin (hatto saralash bajarilayotganlar uchun ham). So‘rov blankining mos ustunidagi Вывод на 
экран qatoridagi indikator ochilganda (yoqilganda) maydonlar so‘rov natijalari jadvalida aks ettiriladi. 
Aks ettirishni bekor qilish uchun indikatorni bosish (o‘chirish etarli). 
7.2.7 So‘rovlarda hisoblash 
Access da ifodalar 
Har bir ifoda bitta yoki bir nechta operatorlardan va bitta yoki bir nechta o‘zgarmaslar, 
identifikatorlar yoki funktsiyalardan tashkil topishi mumkin. Operator xoshlagancha murakkab bo‘lishi 
mumkin. 
9
O‘zgarmaslar o‘zgarmas qiymatlarni ifodalaydi. Ular asosan qiymatlarni oldindan 
aniqlashda va jadval maydonlarining qiymatlarini taqqoslash uchun ishlatiladi. 
O‘zgarmasning qiymati foydalanuvchi tomonidan ifodalarni kiritishda aniqlanadi. (masalan 
09, ishlab chiqaruvchi firma mamlakati Shvetsiya).
9
Identifikatorlar Access dagi ob’ektlarning nomlari (masalan jadval maydonlari yoki 
so‘rovlar). Identifikatorlar ifodalarni hisoblashda ularning joriy qiymatlari bilan 
almashinadi. (bu amalni aniqlashda odatda qiymat qaytariladi degan termin ishlatiladi). 
Masalan, [Household Inventory] maydon nomining identifikatori ifodaga belgilangan joriy 
yozuvdagi Household Inventory maydonning qiymatini qaytaradi. Ilovalar (VBA) uchun 
Visual Basic dasturlarida ishlatiladigan nomlangan o‘zgarmaslar va o‘zgaruvchilar ham 
identifikatorlar hisoblanadi. Identifikator vazifasini bajaruvchi bir nechta nomlangan ichki 
o‘zgarmaslar mavjud: True, False, Yes, No va Null. Agar maydon yoki jadval nomlarida 
probellar uchrasa, ularning identifikatorlari ifodalarda kvadrat qavslarga olib yozilishi hart. 
Ifodalarni kiritishni osonlashtirish maqsadida jadval, jadval maydonlari nomlarida Access 
ob’ektlari nomlarida probellarni ishlatmaslik tavsiya etiladi.
9

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling