Microsoft Word Bas db access L. doc


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/96
Sana24.09.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1686902
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
Bog'liq
Access 1

7.3.2 qo‘shishga so‘rov 
Qo‘shishga so‘rov yordamida bir jadvalning yozuvlarini (barchasini yoki so‘rov bilan ajratilgan 
qismini) ikkinchi jadvalning oshiriga qo‘shish mumkin. Har ikkala jadval bitta yoki har xil 
ma’lumotlar bazasida joylashgan bo‘lishi mumkin. 
Agar yozuvni boshqa ma’lumotlar bazasiga qo‘shmoqchi bo‘lsak, avvalo Файл menyusining 
Внешние данные qism menyusidagi Связь с таблицами buyrug‘i yordamida maqsad jadvali 
joylashgan bazaga manbaa jadval ulanadi. Qo‘shiluvchi yozuvlarni ajratish uchun tanlashga so‘rov 
tuzish kerak. So‘ngra Вид menyusining Режим таблицы buyrug‘i yordamida jadval holatiga o‘tib, 
tuzilgan so‘rovni bajarish va natijani baholash zarur. Undan keyin konstruktor holatiga qaytiladi va 
Запрос menyusidan Добавление buyrug‘i ishga tushiriladi. Natijada ochilgan Добавление muloqot 
oynasida foydalanuvchi so‘rov yozuvlarining natijaviy to‘plamidan olingan natijalarni qo‘shishni 
xohlagan jadval nomining mos maydonlarini berishi zarur. Muloqot oynasini ОК tugmasi yordamida 
yopganimizda Access so‘rov blankiga Добавление qatorini qo‘shadi. Bu qatorga avtomatik ravishda 
(yoki foydalanuvchi tomonidan) so‘rov maydoni nomi bilan mos keluvchi maqsad jadvalning maydon 
nomlari qo‘yiladi. So‘ngra uskunalar panelidagi Запуск tugmasini bosib so‘rovni bajarishga to‘g‘ri 
keladi. Access maxsus muloqot oynasida maqsad jadvalga nechta yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va bu 
amalni bajarishni ta’kidlashni talab qiladi. 
7.3.3 O‘chirishga so‘rovlar 
Bu turdagi so‘rovlar jadvaldan ma’lum tanlash mezonlariga mos yozuvlar guruhini o‘chirish 
uchun xizmat qiladi. So‘rov yordamida o‘chirilgan yozuvlarni tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham 
tanlash mezoni har tomonlama tashkil qilinishi zarur. Avvalo Условие отбора satrida mezon 
ko‘rsatilib o‘chiriluvchi yozuvlarni tanlashga so‘rov yaratilishi zarur. Berilgan mezonlarning 
to‘g‘riligini tekshirish uchun bu so‘rov bajariladi va konstruktor holatiga o‘tiladi. Undan so‘ng Запрос 
menyusining Удаление buyrug‘ini ishga tushurish kerek bo‘ladi. Access so‘rov blankiga Удаление 
qatorini qo‘shadi va yacheykaga Uslovie ning qiymatini kiritadi. Bu foydalanuvchi qo‘shimcha tanlash 
mezonlarini o‘rnatish mumkinligini bildiradi. So‘ng uskunalar panelidagi undov belgisi tushirilgan 
tugmani bosib, so‘rovni bajarish kerak bo‘ladi. Access maxsus muloqot oynasida jadvaldan nechta 
yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va o‘chirishni ta’kidlashni talab qiladi.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling