Microsoft Word Bas db access L. doc
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Access 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Файл
- 7.3.3 O‘chirishga so‘rovlar
- Условие отбора
7.3.2 qo‘shishga so‘rov
Qo‘shishga so‘rov yordamida bir jadvalning yozuvlarini (barchasini yoki so‘rov bilan ajratilgan qismini) ikkinchi jadvalning oshiriga qo‘shish mumkin. Har ikkala jadval bitta yoki har xil ma’lumotlar bazasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Agar yozuvni boshqa ma’lumotlar bazasiga qo‘shmoqchi bo‘lsak, avvalo Файл menyusining Внешние данные qism menyusidagi Связь с таблицами buyrug‘i yordamida maqsad jadvali joylashgan bazaga manbaa jadval ulanadi. Qo‘shiluvchi yozuvlarni ajratish uchun tanlashga so‘rov tuzish kerak. So‘ngra Вид menyusining Режим таблицы buyrug‘i yordamida jadval holatiga o‘tib, tuzilgan so‘rovni bajarish va natijani baholash zarur. Undan keyin konstruktor holatiga qaytiladi va Запрос menyusidan Добавление buyrug‘i ishga tushiriladi. Natijada ochilgan Добавление muloqot oynasida foydalanuvchi so‘rov yozuvlarining natijaviy to‘plamidan olingan natijalarni qo‘shishni xohlagan jadval nomining mos maydonlarini berishi zarur. Muloqot oynasini ОК tugmasi yordamida yopganimizda Access so‘rov blankiga Добавление qatorini qo‘shadi. Bu qatorga avtomatik ravishda (yoki foydalanuvchi tomonidan) so‘rov maydoni nomi bilan mos keluvchi maqsad jadvalning maydon nomlari qo‘yiladi. So‘ngra uskunalar panelidagi Запуск tugmasini bosib so‘rovni bajarishga to‘g‘ri keladi. Access maxsus muloqot oynasida maqsad jadvalga nechta yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va bu amalni bajarishni ta’kidlashni talab qiladi. 7.3.3 O‘chirishga so‘rovlar Bu turdagi so‘rovlar jadvaldan ma’lum tanlash mezonlariga mos yozuvlar guruhini o‘chirish uchun xizmat qiladi. So‘rov yordamida o‘chirilgan yozuvlarni tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham tanlash mezoni har tomonlama tashkil qilinishi zarur. Avvalo Условие отбора satrida mezon ko‘rsatilib o‘chiriluvchi yozuvlarni tanlashga so‘rov yaratilishi zarur. Berilgan mezonlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun bu so‘rov bajariladi va konstruktor holatiga o‘tiladi. Undan so‘ng Запрос menyusining Удаление buyrug‘ini ishga tushurish kerek bo‘ladi. Access so‘rov blankiga Удаление qatorini qo‘shadi va yacheykaga Uslovie ning qiymatini kiritadi. Bu foydalanuvchi qo‘shimcha tanlash mezonlarini o‘rnatish mumkinligini bildiradi. So‘ng uskunalar panelidagi undov belgisi tushirilgan tugmani bosib, so‘rovni bajarish kerak bo‘ladi. Access maxsus muloqot oynasida jadvaldan nechta yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va o‘chirishni ta’kidlashni talab qiladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling