Microsoft Word Bas db access L. doc


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/96
Sana24.09.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1686902
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96
Bog'liq
Access 1

7.3.4 Yangilashga so‘rov 
Yangilashga so‘rovdan foydalanib, foydalanuvchi ma’lum mezonlar asosida ajratib olingan 
yozuvlar guruxini o‘zgartirishi mumkin. Yangilashga so‘rovni tuzishda avvalotanlovga so‘rov 
yaratiladi va tekshiriladi. So‘ngra konstruktor holatida Zapros menyusining Обновление buyrug‘i 
ishga tushiriladi. Natijada Access jadval maydonlarining yangi qiymatlarini ko‘rsatish uchun 
mo‘ljallangan Обновление qatorini so‘rov blankiga qo‘shadi. Bu maqsadda hisoblanuchi ifodalarni 
ham ishlatish mumkin. Запуск tugmasi bosilgandan so‘ng Access maxsus muloqot oynasida 
jadvalning nechta yozuvi o‘zgartirilishini va o‘zgarishini ta’kidlashni talab qiladi. 
7.3.5 Jadval hosil qilishga so‘rov 
So‘rovning natijaviy yozuvlar to‘plami asosida jadval hosil qilish so‘rovi yordamida yangi 
jadvallar yaratish mumkin. Bunday jadvallar odatda eski yozuvlarni arxivlash uchun yoki 
jadvallarning rezerv nusxasini saqlash uchun ishdatiladi. Tanlovga so‘rov tayyorlanishi zarur va 
so‘rovning to‘g‘riligini tekshirib Recordset ma’lumotlarning dinamik to‘plami hosil qilinadi. Agar 
yozuvlarning natijaviy to‘plamlari sizning talablaringizga mos kelsa, konstruktor holatiga qayting va 
Запрос menyusining Создание таблицы buyrug‘ini tanlang. Access yangi jadvalning nomini 
kiritish uchun создание таблицы muloqot oynasini ochadi. So‘ngra uskunalar panelida undov belgisi 


TATU NF
Access 2003 Laboratoria ishi
Bobojonov Elmurod 
86-bet 
shakli tushirilgan tugmani bosib so‘rov bajariladi. Access maxsus muloqot oynasida yangi jadvalga 
nechta yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va bu amalning bajarishni ta’kidlashni talab qiladi. 
7.3.6 So‘rovlar bajarilishi natijalarining indikatsiyasi 
O‘zgartirishga so‘rov ma’lumotlarni o‘zgartiradi yoki ularning nusxasini bir jadvaldan 
ikkinchisiga ko‘chiradi. U jadval holatida ekranda aks etiriladigan Recordset yozuvlarining dinamik 
to‘plamini hosil qilmaydi. O‘zgartirishni ko‘rish uchun o‘zgartirishga so‘rovni tanlovga so‘rovga 
o‘tkaziladi yoki so‘rov natijalarining jadvalini jadval hosil qilish, qo‘shish yoki o‘chirish uchun 
ochiladi. Yangilashga so‘rovning bajarilish natijalarini aks ettirish uchun so‘rovni ishga tushiring, 
so‘ngra konstruktor holatida tanlovga so‘rov oynasini aks ettiring. Yangilangan yozuvlarni ko‘rish 
uchun Вид menyusining режим таблицы optsiyasini o‘rnating va jadval holatiga o‘ting. qo‘shishga, 
o‘chirishga yoki jadval yaratishga so‘rov bajarilish natijalarini aks ettirish uchun mos so‘rov tanlanadi 
va F11 tugmasi bosiladi. Natijada ekranda ma’lumotlar bazasining oynasi paydo bo‘ladi. Таблицы 
qo‘ilmasiga o‘ting va ma’lumotlar bazasi jadvalining ro‘yxatida yozuvlar qo‘shiladigan yoki ular olib 
tashlanadigan jadval nomi sichqon yordamida ikki marta bosing. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling