19
Bolalarda uchraydigan talvasa sindromi birdan boshlanib, bolani
bezovtalanib harakatga tushishi, o’zidan ketib qolishi xarakterlidir. Ko’pgina
bolalarda kichik formalari qisqa vaqt nafas to’xtab qolishi, bolani bir narsaga
ko’z
tikib qolishi, kichik tremor, o’z – o’zidan chaynash harakatlari
boshlanishi panja muskullarini tortishishi bilan namoyon bo’ladi.
Talvasa sindromida birinchi uni keltirib
chiqaradigan sabablarini
aniqlash, bolani tor kiyimdan bo’shatish, toza havo kelishini ta’minlash,
yuqori nafas yo’llarini shilimshiqlardan tozalash zarur. Muskul orasiga 0, 02
ml/kg magniy sulfat, 5 ml/kg fenobarbital, 0,001 g diazepam, 10% 5 ml
glukoza venaga, albumin yuboriladi. Og’ir holatlarda
tomchilab glukoza
eritmasi yuboriladi. Gipertemiyada 0,5 ml/kg 1% amidopirin, 5,0% analgin
eritmasi m/o yuboriladi. Yurak qon tomir yetishmovchiligida korglukon yoki
strofantin buyiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: