Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
24 yashaydi, deb aytildi. Dunyo bo‘ylab bir sharpa — kommunizm sharpasi kezib yurib-di, deyildi. Sizni xonadoningazda esa... isiriq kezib yuribdi, isiriq! Qanaqa odamsiz, o‘zi? — Xo‘p, uzr. — KPSS programmasida kommunizmga ta’rif berildi. Kommunizm — erkin va ongli mehnatkashlarni yuksak darajada uyushgan jamiyatidir, taraqqiy etgan jamiyatidir, deyildi. Ana shunday jamiyatda... janozaga balo bormi? — To‘g‘ri, lekin... musulmonchilik, uvol-savob, degan gaplar bor. — Mashinaga kiring. Mana, ruchka, mana, qog‘oz. Yozing: tilxat... To‘raqulov... janozasiz ko‘mildi. 28 Jamoat sudi shahar madaniyat uyida bo‘ldi. Sud raisi — madaniyat uyi direktori sahna to‘rida o‘tirdi. Sud hay’ati a’zosi Botir firqa raisni qabatidan joy oldi. Aybdor sahna bilan zal oralig‘ida o‘tirdi. Zal deyarli to‘ldi. Ana shunda rais jarayonni boshladi. Rasmiy bo‘limdan keyin maqsadga o‘tdi. Aybdorga so‘z berdi. O’rtada o‘tirmish aybdor joyidan qo‘zg‘oldi. Bir sahnaga qaradi, bir zalga qaradi. Vazmin- vazmin so‘zladi. Sipo-sipo so‘zladi: — Men, jurnalist Madiev... redaktsiya topshirig‘i bilan komandirovkaga borib edim, qaytishimda ob-havo yomonlashib, samolyot ucholmay qoldi. Aeroportda uyoqqa yugurdim, buyoqqa yugurdim. Nima qilishimni bilmadim. Redaktsiyaga telefon qildim. O’sha kuni hamma paxtaga ketgan ekan, hech kim telefonni olmadi. Paxta vaqtida bunday yurish yomon oqibatlarga olib kelishini o‘yladim. Bir o‘rtog‘imga telefon qildim. «Shahar huvillab yotibdi, hamma paxtaga ketgan», dedi o‘rtog‘im. «Biror-bir rahbarga uzrimni aytib qo‘ymoqchiman», dedim men. «Shahar bo‘yicha faqat obkom sekretari Rajabovni derazasi yorug‘ bo‘lib turibdi. Boshqa rahbarlar dalada yuribdi», dedi o‘rtog‘im. Men o‘ylab-o‘ylab, aeroportdan oblast partiya komitetini birinchi sekretari Rajabovni qabulxonasiga telefon qilmoqchi bo‘ldim. Lekin tortindim. Obkom sekretarini telefonda bezovta qilish odobdan emas, deb o‘yladim. Keyin, o‘rtoq Rajabov nomiga srochniy telefonogramma berdim. — Nega aynan o‘rtoq Rajabovga telegramma berdingiz? Axir, o‘rtoq Rajabov sizning redaktoringiz emas-ku? — dedi rais. — Bosh redaktorimiz paxtada ekan-da. Qolaversa, gazetamiz obkomni organi. O’rtoq Rajabov bizning eng katta boshlig‘imiz hisoblanadi. Shu sababli, katta boshlig‘imizga telegramma berdim. Boshliqqa telegramma berish ayb emas-ku? Qaysi aybim uchun meni jamoatchilik sudiga qo‘yayapsizlar? — Qaysi aybingiz uchun? Hali, aybingizni bilmaysizmi? Rais bir telegrammani boshi uzra ko‘tardi. Telegrammani tantanali suratda chapga ko‘rsatdi, o‘ngga ko‘rsatdi. Keyin, telegrammani o‘qib berdi: — «Ya, korrespondent Madiev... zaderjivayus!» Zal birdan jonlandi. Bir partiya aktivi bosh chayqadi. Bir partaktiv lablarini cho‘chchaytirdi. Tag‘in bir Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling