Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Partiya-sovet arboblari... Brejnev misol miq etmadi! Brejnev misol mijja qoqmadi
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
Partiya-sovet arboblari... Brejnev misol miq etmadi! Brejnev misol mijja qoqmadi. Brejnev misol... turg‘un bo‘lib o‘tirdi. Brejnev misol... haykal bo‘lib o‘tirdi! Madiev kuydi, Madiev yondi! Madiev... lo‘lilik yo‘liga o‘tdi. — Yo‘q, biz endi sabr-toqat qilolmaymiz! — dedi. — Yo‘q, sabr-bardoshimiz nihoyasiga yetdi! Biz endi sodir etilgan jinoyatlar uchun kimlar aybdor ekanligini aniqlab olishimiz kerak va zarur. Biz yetmish yil mobaynida jinoyatchi partiya-sovet arboblarining butun bir avlodini tayyorlab yetishtirdik. Ming afsuslar bo‘lsinki, ular har qadamda uchrab turadi, har daqiqada uchrab turadi! Madiev partiya-sovet arboblariga qo‘lini peshladi. Ko‘rsatkich barmog‘ini bigizladi. — Biz bular bilan... bo‘lmaymiz! — dedi. — Yo‘q, yo‘q, biz bular bilan bo‘lmaymiz! Botir firqani nazarida... Madiev ko‘rsatkich barmog‘ini... Botir firqani peshonasiga nuqidi. Nazarida, barmoq uchi Botir firqani... peshonasiga tegdi. Duk-duk tegdi... tik-tik tegdi! Nazarida, barmoq uchi Botir firqani peshonasida... yopishib qoldi! Botir firqa ko‘zlarini yumdi — Madievni barmog‘ini ko‘rmay dedi! Madievni barmog‘idan qutulay dedi. Shu bilan majlis ado bo‘ldi. Majlis ahli tarqaldi. Botir firqa bilan Rajabov hamroh bo‘ldi. — Bular hali-hozir tili bilan yuryapti. Keyin-keyin, ustimizdan to‘rt tarafga yozadi. Bu shaxslardan keladi, — dedi Botir firqa. — Shaxs? Shular shaxsmi? — deya qo‘l siltadi Rajabov. — Bular... bechora go‘rso‘xtalar! Bular go‘rso‘xta bo‘lmay, kim go‘rso‘xta bo‘ladi? Mana, men. Men qurdim, men yaratdim, men savob ishlar qildim! Shunday ekan, men piri badavlat shaxsman. Men bus-butun shaxsman. Men yetuk shaxsman! Xo‘p, ana shularchalik ham boraylik. Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 58 Aytaylik, toat-ibodat qilish uchun xudoni bilish kerak. Bu bechora go‘rso‘xtalar xudoni qaerdan biladi? Bular eski alkashlar, eski g‘arlar! 51 Ular yo‘l chetidan yurdi. Oyoqlari uchiga tikilib yurdi. Gap-so‘zsiz yurdi. Yo‘lbo‘yi choyxonaga keldi. Yuzma-yuz o‘tirdi. Bir-biriga tikildi. Yelkadan nafas oldi. Nihoyat, Botir firqa ko‘kka barmoq nishlab-nishlab so‘zladi: — So‘zlovchi nodon bo‘lsa, sen dono bo‘l! Xalq maqoli! Rajabov birdan jonlandi. Yuzlarida yorug‘lik o‘ynadi. Ko‘zlarida quvonch balqdi. — Ofarin, o‘rtoq Esonov, ofarin! — dedi Rajabov. — Siz dono partiya-sovet arbobisiz! Botir firqa qomat rostladi. Botir firqa ko‘krak kerdi. Kirinib-qirinib yo‘taldi. Tevarakka mag‘rur-mag‘rur boqdi. — Kurashamiz, kurashamiz, deydi, — dedi Botir firqa. — Kim bilan kurashadi? Men bilanmi? Axir, men Gitler bo‘lib, shahar-qishloqlarni vayron etmadim, xalqni qatl qilmadim. Gimmler bo‘lib, tirik odamlarni o‘tda kuydirmadim, bug‘doyzorlarga o‘t qo‘ymadim. Nihoyati... kommunist bo‘ldim! Meni nimam bilan kurashadi? Otni o‘limi — itni bayrami, deydilar. Bular... qari-qurilar bilan kurashmoqchi bo‘lib yuribdi. Bular... Don Kixot! Yo‘q narsa bilan kurashuvchi Don Kixot! Bular qup-quruq galvarslar. G’arib- benavo galvarslar. Bular oldin-da shunday edi, bundan keyin-da shunday bo‘lib qoladi. Mana, Boris Yeltsin. U oldin ham o‘g‘il bola edi, hozir ham o‘g‘il bola! — O’rtoq Yeltsin kommunistik e’tiqod bilan yeng shimarib, kommunistik ishonch bilan bel bog‘lab... yangicha ishlamoqda! Kommunistik vatanparvarlik, kommunistik xalqparvarlik bilan ter to‘kib mehnat qilmoqda. O’rtoq Yeltsin oldin kim edi? Sobiq Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling