partkom, raykom, obkom, gorkom... xullas, kommunist, ha, kommunist! Keling,
masalani partiyaviy hal etaylik: o‘rtoq Yeltsin kommunist bo‘lmasa, prezidentlik
shohsupasigacha ko‘tarilib kela olar edimi? Yo‘q, ko‘tarilib kelmas edi. O’rtoq Yeltsin
kommunist bo‘lmasa... prezident bo‘lolmas edi! O’rtoq Yeltsin g‘ayrat-shijoat bilan qayta
qurib boshladi. Ishonch-e’tiqod bilan demokratiya tuzib boshladi. O’rtoq Yeltsin
o‘tmishidan qechmadi. Ya’ni o‘zidan kechmadi. O’rtoq Yeltsin yo‘lini o‘zgartirdi, xolos.
— Bu borada o‘rtoq Yeltsinni protopop Avvakum bilan qiyoslasa bo‘ladi. Avvakum ota-
bobolardan qolgan qadriyatlar va o‘tmish meroslarini qayta tiklash, asrab-avaylash
uchun kurashadi. O’rtoq Yeltsin ham Avvakum misol yo‘ldan bordi.
— Mana shu qayta quruvchilar oldin kim edi? Men hamma qayta quruvchi o‘rtoq
Yeltsinga o‘xshab, oldin obkom bo‘lsin, demayman. Axir, yangi tuzum demak — yangi
qurilajak imorat demak. Yangi imorat qurish uchun kuch-quvvat kerak, mablag‘ kerak,
malaka kerak. Men mana shu Madievni she’rlarini o‘kiganman. She’rlarida hayotdan
nishona bo‘lsa — o‘lsin agar! Avangard shoir emish. Frantsuz avangardlariga taqlid qilib,
besh-oltita she’r yozgan. Frantsuz avangardlari qachonlardir o‘tib ketgan. Bu zot
frantsuz avangardizmiga... endi yetib kelibdi! Shu besh-oltita she’riniyam o‘zicha eplay
olmay, frantsuzlarga taqlid qilib yozibdi. O’zidan chiqarib, to‘rtta she’r yozolmagan zot...
qanday qilib qayta quradi? O’zining to‘rtta mustakil fikri yo‘q zot... qanday qilib
demokratiya quradi?
— Bulardan nima umidu, nima xayr, o‘rtoq Rajabov.
— Unda, kimdan umidlanish kerak? Dehqon o‘z oti o‘zi bilan dehqon. Dehqon
bechoraga ketmon bo‘lsa bo‘ldi.
— Bular mansabga talpinyapti, o‘rtoq Rajabov, mansabga! Mayli, davri kelibdi,
mansablarni egallasin. Ammo-lekin biz demokratmiz, deya ko‘krak uradi. Yaxshi,
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |