Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
66 sog‘lomlik-da deb bo‘lmaydi. Maniya velichiya — el-yurt boshiga bitgan balo bo‘ladi. Maniya velichiya — mansab-martabalarga o‘ch bo‘ladi, shon-shuhratlarga o‘ch bo‘ladi, shov-shuvlarga o‘ch bo‘ladi. Maniya velichiya — jamiyatni qo‘lga olish uchun kurashadi, jamiyatni boshqarish uchun kurashadi, jamiyatni kaftida ushlab turish uchun kurashadi. Bir so‘z bilan aytsak, jamiyat — el-yurt guli bo‘lish uchun kurashadi. O’z maqsadi yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha ishni kiladi. Masalan, maniya velichiya — o‘zini kimdir qilib ko‘rsatishga usta bo‘ladi, o‘zida yo‘q narsani bor qilib ko‘rsatishga usta bo‘ladi. Chala- chulpa shaxsni — yorqin yulduz etib ko‘rsatadi. Chiroq yoqsa yorishmovchi qalbini — otash yurak etib ko‘rsatadi. Xom kallasini — aql xaltasi qilib ko‘rsatadi. Maniya velichiya — el-yurt oldida o‘zini jon fido etib ko‘rsatadi, el-yurt oldida o‘zini ulug‘lar ulug‘i etib ko‘rsatadi. Oxir-oqibat — aql bovar qilmaydigan yutuqqa erishadi. Yuradigan yo‘lini bilmaydigan, qiladigan ishini bilmaydigan, gapiradigan gapini bilmaydigan bir jazavador... el-yurtni og‘ziga qaratib oladi! Bir qilig‘i ortiq, esi kirar-chiqar bir jazavador... el-yurtni o‘ziga ergashtirib oladi! Bularni barchasi jamiyat betobligidan bo‘ladi, jamiyat xor-zorligidan bo‘ladi! — Sovet hukumatini qadri o‘tdi, rais bova. — Shunday, sovet hukumatini qadri o‘tdi. Shunday, KPSSni qadri o‘tdi. Qayta quruvchi demokratlar... sovet hukumati unday edi, KPSS bunday edi, deydi. Bekorlarni besh marta aytibdi! Qayta quruvchi demokratlar quldorlik jamiyati illatlarini sovet hukumatiga olib kelib yopishtiryapti. Feodalizm jamiyati qusurlarini KPSS boshiga ag‘daryapti. Kapitalizm jamiyati ayblarini sovet hukumati ustidan mag‘zava qilib to‘kyapti. Yomon — sovet hukumati yomon, KPSS yomon. Ivan Grozniy o‘n beshinchi asrda hukmronlik qilib edi. U o‘z davri uchun davlatni boshqarish tartib-qoidasini yaratdi. Masalan, oprichnik nomli alohida bir qo‘shin tuzdi. Oprichnik faqat Ivan Grozniy buyrug‘ini bajardi. Oprichniklar — eski jinoyatchilar, oilasidan voz kechganlar, jinoyat ko‘chasiga kirib qolganlar, hech balodan tap tortmaydigan qonxo‘rlar edi. Oprichniklar xalqni xohlasa osdi, xohlasa so‘ydi, xohlasa otdi. Ivan Grozniy topshirig‘i bilan ayg‘oqchilar podshodan norozi shaxslarni aniqladi, g‘ayritabiiy fikrlovchi shaxslarni topdi. Oprichniklar ularni beshafqat qiynoqlar, kaltaklar, to‘qmoqlar zarbi ostida bo‘yniga olishga majbur etdi. Ayblovchilar yovuzona qiynoqlardan keyin qilmagan ishlarini qildim, deyishga majbur bo‘ldi. Ayblanuvchilar qonxo‘rona azoblardan keyin begunoh odamlar nomini sotishga majbur bo‘ldi. Oprichniklar begunoh aybdorlarni ozod-liqda yurmish o‘g‘il-qizlarini ham zindon qildi, urug‘-aymoqlari, do‘st-birodarlarini zindon qildi, hatto, ayblanuvchilarni voyaga yetmagan, norasida bolalarini-da qamadi yo surgun qildi. Ivan Grozniy o‘z o‘g‘lini qatl ettirdi, amaki akasini qatl ettirdi, jiyanlarini qatl ettirdi. Qayta quruvchi demokratlar Ivan Grozniy faoliyatini... sovet hukumatiga to‘nkab o‘tiribdi, o‘rtoq Stalinga to‘nkab o‘tiribdi. Axir, XV asr qaerda, XX asr qaerda? — Uyamas-da-buyamas, el-yurtni sho‘ri quridi, rais bova. — Shunday, qiyin-qiyin, xalqqa qiyin bo‘ldi. Xalq umri mobaynida KPSS chizig‘idan chiqmay yashadi, KPSS buyrug‘ini bajarib yashadi. Shu bois, xalq — iqtisodiy o‘qimay yashadi, mafkuraviy izlanmay yashadi, kelajak haqida o‘ylamay yashadi. Xalq uchun KPSS o‘yladi, xalq uchun hukumat izlandi. Xalq faqat... ishladi! Xalq jonajon kommunistik partiya uchun jon fido etib ishladi, xalq mehribon sovet hukumati uchun jonini jabborga berib ishladi. Bunday xalqni yo‘ldan urish oson. Bunday xalqni qo‘lidan yetaklab ketish oson. Bunday xalqni... qo‘yday haydab ketish oson! Qayta quruvchi demokratlar ana shunday qilmoqda. Burnini artib olmagan mishiqilar... xalqni laqillatib yuribdi, xalqni qo‘yday yetaklab yuribdi. Azal-azaldan shunday: kimdir birov lakillab, nutq so‘zlab qo‘yadi. Baloga qolgan... xalq bo‘ladi! Xalq... dardini ichiga yutadi! Shu bois, xalq hamisha hukumatdan norozi bo‘ladi. Go‘yo, hukumat xalq g‘animi. Go‘yo, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling