Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
63 izhor etib bo‘lmaydi. El-yurtga bo‘lgan mehr-muhabbatni... mikrofon orqali izhor etib bo‘lmaydi! Shu boisdan-da uni oti mehr-muhabbat. El-yurtga bo‘lgan mehr- muhabbatni... amal-da bajaradilar, amalda ko‘rsatadilar! Masalan... tan-jonini qurbon qilib ko‘rsatadilar! Tinchlik zamonida esa — mehnat jasorati bilan ko‘rsatadilar, fidoyiligi bilan ko‘rsatadilar, sabr-bardoshi bilan ko‘rsatadilar. Chunki el-yurt demak, qon demak, tan-jon demak! — U siz, o‘rtoq Esonov, u siz Botir firqa, kommunist Esonov, raykom Esonov! Bular... reformator, reformator! — Reformator? O’rgildim, bunday reformatorlardan! Reforma, reforma, deb baqiradi. Bular hali reforma nimaligini bilmaydi. Reforma qayoqda, bular qayoqda? Reforma ko‘p ulug‘ ham... qonli so‘z. Reforma qilish uchun... kallani kundaga qo‘yish kerak! Ana shu kallada... otni kallasiday yurak bo‘lishi kerak! Pyotr Birinchi ana shunday zot edi, ana shunday kalla edi. Rossiyani Rossiya qilgan ana shu Petr Birinchi bo‘ldi. Petr Birinchi tufayli Rossiya Yevropa mamlakatlari qatoriga kelib qo‘shildi. Petr Birinchi Yevropaga yetib olish uchun qanchalab qurbon berdi, qanchalab qon to‘kdi. Rossiya ag‘dar-to‘ntar bo‘ldi, madaniyati xarob bo‘ldi, ma’naviyati xor-zor bo‘ldi. Petr Birinchi madaniyat va ma’naviyat evaziga... ulkan armiya to‘pladi, qurol-yarog‘ to‘pladi. Oqibat... ayiqnamo Rossiya tuzildi, yovvoyinamo Rossiya qaror topdi. Rossiyani madaniyati va ma’naviyati... harbiy kuch hamda qurol-yarog‘ bo‘lib qoldi. Rossiya dushmanlari Petr Birinchi reformasiga... hay-barakallachilik qilib turdi! Bular rus oppozitsiyachilari edi, beti yo‘q mansabparast-shuhratparastlar edi. Ikkinchi ulkan reformator Aleksandr II bo‘ldi. Ana u haqiqiy reformator edi, buyuk reformator edi! Aleksandr II 1861 yilda krepostnoy huquqni bekor qildi. Dehqonlarni... qulliqdan ozod etdi! Undan keyin Petr Stolipin reforma o‘tkazdi. U agrar reformani amalga oshirdi. Oddin tinchlik, ana undan keyin reforma, shiori ostida reforma kiddi. Keyin, Speranskiy. Undan keyin o‘rtoq Lenin reforma qiddi. Tan olish kerak, ana shu yerda kommunistik partiya katta hatoga yo‘l qo‘ydi. Kommunistik partiya... Petr Birinchini yo‘lidan bordi. Kommunistik partiya mamlakatni... askarxona qildi, qurolxona qildi! Birinchi kommunist o‘rtoq Leninmi yo Petr Birinchimi? Ana shuni bilib bo‘lmay qoldi! — Xalqni aql-idrokida qayta o‘zgarish qilish kerak, xalqni ongida chuqur yangilanish sodir etish kerak. Ong... ongni qayta qurish kerak! Reformani eng og‘ir joyi ana shu yerda! — Xalq esa yangicha yashashni... aqliga sig‘dirolmayapti! Aniqrog‘i, xalqni... aqli yetmayapti! Shu sabab, kim nima desa, xalq... ergashib ketyapti! Yo... baqrayib qarab turibdi! — Oldinlari har bir yaxshi ish uchun ham, yomon ish uchun ham — partiya-hukumat javob berar edi. Endi esa, har bir odam o‘zi uchun javob beradi. Shu sabab, odamlar qayoqqa qarab yurishini bilmay qoldi, kimga ishonishini bilmay qoldi. Odamlar o‘zi uchun o‘zi javob berolmay qoldi. — Mafkura... mafkurasiz yashab bo‘lmaydi. Mafkurasiz olg‘a bosib bo‘lmaydi. Kelajakka qadam qo‘yib bo‘lmaydi. Mafkura esa — g‘oyalarsiz bo‘lmaydi, g‘oya — mafkurani qon tomiridir. El-yurt hamisha g‘oyalarga ishonib keldi, g‘oyalarga suyanib keldi. El-yurt g‘oyalar bilan o‘sib-ulg‘aydi. Qayta quruvchilar tili bilan aytsak: «vatan turg‘unlik holatida o‘sdi, xalq turg‘un bo‘lib yashadi». Ana shu g‘oyalar... el-yurtni turg‘un holatda saqlab keldi!» Urushlarga yo‘l bermadi. Mafiya, reket, degan bosqinchiliklarga yo‘l bermadi. Turli alg‘ov-dalg‘ovlarga yo‘l bermadi. Sovet xalqi... misoli burgut qanoti ostida yashadi: yaxshi-yomondan qo‘rqmadi. Issiq-sovuqdan qo‘rqmadi. Och-yalang‘ochliqtsan qo‘rqmadi. Ofat-balodan qo‘rqmadi. Ana shu g‘oyalar... mamlakatni turg‘un holatda saqladi! Ammo-lekin mamlakatni... osoyishta- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling