Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
64 farovon saqladi! G’oya-g‘oya! Ulug‘ inqilob g‘oyasi, sotsializm g‘oyasi, baynalminallik g‘oyasi, kommunizm g‘oyasi. El-yurtni ana shu g‘oyalar qudratli etib turdi! — Jamiyat misoli bir tan-jon. Jamiyat ruhiyati — mafkuradan iborat. Shu sabab, jamiyat mafkura bilan tirik, mafkura bilan hayot. Mafkura haminqadar chayir bo‘lsa, haminqadar qudratli bo‘lsa, haminqadar pokiza bo‘lsa — jamiyat shu qadar o‘sib-unadi! — Mafkura jamiyat manfaatlarini himoya etuvchi huquqiy-falsafiy g‘oyalardir, axloqiy- diniy qarashlardir. Shu bois, ulug‘ niyatlar, ulkan rejalar — mafkuradan bino bo‘ladi. Bizda ana shunday mafkura bor edi. Uni kommunistik ideologiya, der edilar. Endi, kommunistik ideologiya yo‘q... Endi, millat manfaati dunyoga keldi, millat maqsadi dunyoga keldi. Endi, millat shavkati dunyoga keldi, millat orzusi dunyoga keldi. Qayta quruvchilar ana shulardan... mafkura tizimi bitishlary lozim bo‘lady. Ana shularni jamlab... milliy mafkura yaratishlari lozim bo‘ladi. Uni — o‘zbekona mafkura, deb atashlari lozim bo‘ladi. — Qayta qurish demak — inqilob demak. Inqilobni karomatlari ko‘p. Shunday karomatlaridan biri — inqilob... to‘da-to‘da ko‘piklarni yuzaga olib chiqadi. To‘da ko‘piklar... yuzada qalqib yuradi, havolanib yuradi, savlat to‘kib yuradi. Ko‘piklar asl narsalarni... pastga uradi, chetga suradi! Yuzada esa... yolg‘iz o‘zlari qoladi! Olisdan qarasangiz — ko‘piklar juda dahshatli ko‘rinadi. Yaqindan qarasangiz — tayin-tuturig‘i yo‘q... pufaklar bo‘ladi! Qo‘lingizga olib ko‘rsangiz... yo‘q bir narsa bo‘ladi! Ana, o‘sha ko‘piklar, ana! To‘da ko‘piklar... asl mehnat samaralarini yerga urmoqda, asl zotlarni yerga urmoqda! Yuzada misoli to‘da ko‘pik bo‘lib... o‘zlari qolmoqda! Bir to‘da ko‘piklar... Oktyabr inqilobi Rimdan kelgan, deydimi? Ulug‘ Oktyabr inqilobi-ya? — O’zi, bular ko‘pik desa... ko‘pik ekan! Shuniyam to‘liq bilmas ekan — tushuntirolmadi. Aslida esa, gap bunday. Buni birovga aytmang, o‘rtoq Rajabov, gap oramizda qolsin. XVI asr boshlarida Moskvani buyuk knyazi Vasiliy III Pskov oqsoqoli Filofeydan bir qator murojaatnomalar oladi. Filofey shulardan birida buyuk qnyazdan Moskvani... «uchinchi Rim» qilishini talab etadi. Boisi, birinchi Rim — «eretik» popistlar qo‘lida qolib ketgan bo‘ladi. Ikkinchi Rim— Konstantinopolni esa, musulmonlar egallab olgan bo‘ladi. — Konstantinopol... — Ha, ha, o‘sha shahar. Endi, buyuk rus knyazi Vasiliy III oldida ikkita olamshumul masala ko‘ndalang bo‘lib qoladi: butun yer yuzida Xristos g‘oyalarini tantana qildirish va cherkov pravoslavi hukmini o‘rnatish. Shunday qilib, buyuk knyaz oqsoqol Filofeyni da’vatlarini amalga oshirib boshlaydi. Dastlab, knyazni o‘g‘li Ivan Grozniy o‘zini podsho deb e’lon qiladi. Ivan Grozniy o‘zini Rim va Vizantiya «tsezarlari» merosxo‘ri etib tanitadi. Qirg‘inbarot faoliyat boshlab yuboradi. Undan keyin bu faoliyatni Petr Birinchi davom ettiradi. Keng qamrov bilan davom ettiradi! Mazkur g‘oya XIX asrda «slavyanofillar» nomi bilan keng avj oladi. Kuchli oqim sifatida tarmoq otib boradi. Slavyanofillar, slavyanofillar... 1917 yilda mazkur g‘oyani — «uchinchi Rim» g‘oyasini... kommunistlar ilib oladi! Kommunistlar «uchinchi Rim» g‘oyasini o‘zlashtirib olib... «Oktyabr inkilobi» nomi bilan hayotga tadbiq etadi. Bir so‘z bilan aytsak, KPSS... Ivan Grozniy bilan Vladimir Leninni payvandidan hosil bo‘ladi! 54 Tok osti so‘ri olachalpoq ko‘laga bo‘ldi. Botir firqa ana shu so‘rida o‘tirdi. So‘ri panjaraga orqa berib o‘tirdi. Inqillab-inqillab o‘tirdi. O’qchib-o‘qchib o‘tirdi, yerga tupurib-tupurib o‘tirdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling