Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
72 Mazkur palatada yotmish bemorlar... yoppa-baraka qo‘zg‘oldi. Yoppa-baraka eshikka yopirildi. Yoppa-baraka bois — eshikka tiqilib qoldi! Oqibat — birovi birovini itardi. Birovi birovini mushtladi. Birovi birovini timdaladi. Qiy- chuv bilan ayvonladi. Sanitar... bemorlar ketidan chopdi! Botir firqa hayron bo‘ldi. Uyam ayvonladi. Ayvonda bir to‘da bemor... bo‘lim boshlig‘i tevaragini olib turdi. Boshliqni og‘ziga qaradi. Angrayib qaradi. Baqrayib qaradi. Mo‘ltayib qaradi. Bejo-bejo qaradi. Boshliq qo‘llarini beliga qo‘ydi. Siyosat bilan havolandi. Yerga tikilib havolandi. Sukut saqlab havolandi. Chivin uchsa bilinajak sukunat cho‘qdi! Boshliq havolanib bosh ko‘tardi. Ohista-ohista gap boshladi. Sokin-sokin gap boshladi: — Xo‘sh, nima gap, janob bemorlar? Shunda, bemorlar... baravar so‘zladi! Bab-baravar so‘zladi! Shovqin-suron bilan so‘zladi. G’ala-g‘ovur bilan so‘zladi: — Manavi Napoleon bo‘lib... vatanimizga bostirib keldi! — Mana bu Petr Perviy... ona yurtimizga zambarak otdi! — Sen-chi, sen? Sen Kutuzov bo‘lib... qarshi hujumga o‘tding-ku? — Sen palatadagilarni qilichdan o‘tkazding! — Sen to‘pponcha bilan otding! — Sen zambarak otding! — Bo‘hton, bo‘hton! Men zambaraklardan bir yo‘la yigirmatadan o‘q otilsin, deb buyruq berdim, xolos! — Polundra, polundra! — Men qayta quruvchiman! — Men demokratman, demokrat! Botir firqa... masalani tushunmishday bo‘ldi. Bemorlarga bir-bir nazar soldi. Bir bemorni boshida to‘ntariqlik oq toboq — Napoleonni qalpogi bo‘ldi. Qo‘lida uzun nayza — supurgi tayoq bo‘ldi. Tag‘in bir bemorni qo‘lida ichi teshik truba — durbin bo‘ldi. Birovida uzun supurgi — qilich bo‘ldi. Bemorlar Napoleon bilan Petr Birinchi lashkarlari kiyimida bo‘ldi: birov qalpog‘ini teskari kiyib oldi. Birov kostyumini teskari kiyib oldi. Birov beqasam to‘nini chappa kiyib oldi. Tag‘in birov alyumin laganni baraban misol bo‘yniga osib oldi. Ikkita alyumin qoshiq bilan baraban urdi. Boshliq... bayroq ko‘tarib olmish bir bemorga yuzlandi. — Sizga nima bo‘ldi? — dedi. — Tuppa-tuzuk professor-a, professor! — Men bularga teng bo‘lmoqchi emas edim, janob do‘xtir. Bunday qarasam, birovi Napoleon bo‘lib, yana birovi Petr Perviy bo‘lib urush boshlab yuboribdi. Men aytdim, hoy savodsizlar, dedim. Axir, Napoleon boshqa asrda yashagan, Petr Perviy boshqa asrda yashagan, dedim. Shunday ekan, ular qanday qilib, bir-biri bilan urushadi, dedim. Shunday Petr Perviyni bir generali o‘rtaga otilib chiqdi. Unda, Napoleon bilan kim urush qilgan, deb qoldi. Men aytdim, kim bo‘lardi, marshall Kutuzov-da, dedim. Petr Perviyni generali mana men Kutuzov deb, boshimga bir solsa bo‘ladimi? Men aytdim, sen Kutuzov, shoshmay tur, dedim. Sen Kutuzovni bir ko‘zing-ku yo‘q... endi bu ko‘zingniyam o‘yib olmasam ko‘rasan, dedim. Men ham o‘z qo‘shinlarimni to‘pladim. — Sizda ham qo‘shin bormi? — dedi boshliq. — O-o-o, qo‘shin bizda bor-da! Qayta quruvchilar qo‘shini! Ha, qayta quruvchi zamonaviy qo‘shin! Manavilarni qo‘shini almisoqdan qolgan qo‘shin. Otam zamondan qolgan qo‘shin! Bizning qo‘shinimizda... kimlar yo‘q deysiz? Mana, kuni kecha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling