Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
80 qaerdan chiqadi? Odam... yerdan chiqadimi? Odam... moldan chiqadimi? Madievni she’rlari-da shunaqa! She’rlariga: «xalq yo‘lida», «xalq ohanglarida», deb qo‘yadi. Ey, fitna shoir, xalq yo‘lida yozmay, kimni yo‘lida yozasan? Sigir-buzoqlarni yo‘lida yozasanmi? Qo‘y-qo‘zilarni yo‘lida yozasanmi? Madievlar o‘zdni avangard-avangard, deydi. Ilg‘or, demoqchi-da? Menimcha, avangard... yelvizak, yelvizak, demak! Adabiy avangard — adabiy yelvizak, demak! Sovet davrida eshiklar berk edi. Adabiy yelvizaklar... adabiyot eshigidan kirolmas edi! Ko‘cha-ko‘yda yelib-elib... dunyodan o‘tib ketar edi. Demokratiya davrida barcha eshiklar baralla ochildi. Adabiy yelvizaklar adabiyot eshigiga... bostirib kirdi! Adabiy yelvizaklar yo‘lida uchramish adabiyot darg‘alarini... belidan olib, belangi qildi. Boshidan olib, tumov qildi. Burnidan suv oqizdi, ko‘zidan yosh oqizdi. Og‘zidan qon oqizdi... Eshikdan yelvizakday hurillab kirib... Adabiyot toj-taxtiga yopishdi! Shu toj-taxtni olsak... Adabiyot bizniki, deya o‘yladi. Afsus bo‘lsin, yelvizak — o‘z oti o‘zi bilan yelvizak! G’uvv etib o‘tib ketadi! Kim asl ziyoli? Imon bilan yashaguvchi, nohaqlikka chidolmovchi, xo‘rlik — zolimlikdan nafratlanuvchi, chin inson bo‘lib yashaguvchi zot — asl ziyolidir! Madievlar ziyolimi? Ziyoli bo‘lsa, ushbu talablarga javob bera oladimi? Mana, Madiev og‘iz ko‘pirtirib nutq so‘zladi. Tosh otmagan odami qolmadi. Urtoq Lenindan tortib... mengacha tosh otdi! Tosh otishidan maqsadi — mansabdor bo‘lish! Ana shu tosh otishini o‘zi... Madiev or-nomussiz ekanini ko‘rsatadi. Shon-shavkatsiz ekanini biddiradi. Yuz-g‘urursiz ekanini aytib turadi. . Or-nomussiz odamga el-yurt taqdirini topshirib bo‘ladimi? Yuz-g‘urursiz odamga el-yurt ixtiyorini berib bo‘ladimi? Dunyoda qaltis ishlar ko‘p. Ana shunday qaltis ishlardan biri... tentak odam qo‘liga miltiq berish, yuzsiz odam qo‘liga mansab berish! El-yurt uchun ikkovi-da qaltis!» 62 Matbuotda Orol dengizini qutqarish haqida xabar berildi. Devorlarda e’lon osildi. Yig‘ilishga ommaviy ravishda taklif etildi. Te-lefonda taklif etildi. Og‘izma-og‘iz taklif etildi. Botir firqa telefonda taklif etildi. Shaxsan taklif etildi! Yig‘ilish xiyobonda bo‘ldi. Xiyobon mo‘l-mo‘l odam bo‘ldi. Botir firqa mehnat va urush veteranlari qatorida o‘tirdi. «O’zi, odam yig‘ilsa yig‘ilgudek tashvish. Bunday tashvishni ko‘payishib hal etmasa bo‘lmaydi, — deya o‘yladi Botir firqa. — Orol el-yurt dardi bo‘lib qoldi. Men ham shu el- yurtni bir zarrasiman. Ammo-lekin shaxsan men Orolga qanday yordam bersam bo‘ladi? Kommunist Esonov, siz Orolga qanday yordam berasiz, desalar nima deyman? Oddi- qochdi gaplar bilan Orolni qutqarib bo‘lmaydi. Balandparvoz safsatalar bilan Orolga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling