Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
76 shunday bo‘ladi, turish-turmush ham shunday bo‘ladi. Biz yashagan jamiyat — sotsializm jamiyati edi. Biz qurmoqchi bo‘lgan jamiyat — kommunistik jamiyat edi. Bilasiz, sotsializm jamiyati aqlli shaxslarni jini yoqtirmas edi. Sotsializm aql-zakovatli shaxslarni bir chetga surib qo‘yar edi, ovozini chiqarmas edi. Chunki sotsializm aql- zakovatli shaxslardan ko‘rqar edi! Mana, vatanimizga ham ozodlik shamoli ufurib, bizga ham erkinlik huquqi tegdi. Biz ham o‘z so‘zimizni aytish haq-huquqiga ega bo‘ldik. Buning uchun xudoga ming qatla shukurlar bo‘lsin! Biz nega yetmish yil och-nahor yashadik? Chunki biz sotsializm tuzumi zanjirida yashadik. Sotsializm tuzumi qonimizni so‘rib keldi. Sotsializm mehnat haqimizning uchdan birini berib keldi, gadoyga beriladigan mehnat haqini berib keldi. Natijada, biz gadoylarcha yashadik. Biz kommunizm uchun suv tekin mehnat qilib yashadik. Peshona terimiz bilan topilgan mehnat haqimizni esa, SSSR otli ajdarho o‘z domiga tortib keldi. Biz esa, quruq qo‘l bilan qolaverdik. SSSR bizni aldadi. SSSR bizning mehnat mahsulotlarimizni, yer osti-er usti boyliklarimizni tashib ketdi. Biz endi o‘z yurtimizga o‘zimiz bosh bo‘lishimiz kerak. Biz endi o‘z mulkimizga o‘zimiz egalik qilishimiz kerak. Biz endi xalq bo‘lishimiz kerak, xalq! Gulduros qarsaklar bo‘ldi. Qayta quruvchi demokratlar birin-ketin so‘zladi: — Bundan besh-olti kun oldin Moskvada bo‘lgan Orol kunlari yangicha tushuncha va yangicha ekologik tafakkurning bugungi jarayondagi real imkoniyatlarini namoyish etdi. Millionlab insoniyat umid nigohini tikib turgan Orol fojiasi insoniyatni mudhish fojialardan ogoh etuvchi achchiq saboq sifatida qayd etil-di. Anjumanda Orol taqdirini hal etuvchi tadbirlar dasturi olg‘a surildi... — Sharqiy daryolarda besh-olti yilcha umr ko‘ruvchi keta, mittigina baliq bor.Tabiat keta balig‘iga go‘zal va fojiali umr ato etgan. Keta balig‘i nasl qoldirish uchun yuzlab kilometr yo‘l bosib, toza suvlarga suzib keladi. Toza suvda urug‘ tashlab... jon beradi. Ya’ni, zurriyot uchun o‘zini... qurbon qiladi. Biz insonlar-chi? Avlodlarga nima qoldirib ketyapmiz? Nahotki, shu mittigina keta balig‘ichalik bo‘lmasak? — Paxtani «oq oltin» deb, ko‘klarga ko‘tardilar. Boshqa barcha noz-ne’matlardan yuqori qo‘ydilar. Bu bir yoqlama siyosat barcha noz- ne’matlarni dalalardan surib chiqardi. Paxta deb... Orolni mana shu fojiaga olib keldi. Bu fojialar uchun paxta yakkahokimligi aybdor. Bunga yo‘l qo‘yib bergan rahbarlar aybdor! Minbarda oppoq liboslik bir otinbibi bo‘y berdi. Otinbibi yuz ochdi. Bu — Dilya bo‘ldi! Mirzaxo‘jaevalar sulolasidan bo‘ldi. «Bu juvon... suyuqoyoq edi, — o‘yladi Botir firqa. — Yuz-ko‘zidan... hamon o‘sha-o‘sha! Ana, yuzlari suyuq, suyuq! Ko‘zlari... g‘ar, g‘ar!» Dilya qog‘ozini ochdi. Qog‘ozini o‘qidi: — Olloi taolo yakshanba kuni quyosh, osmon, yerni yaratdi. Dushanba kuni oy, kun, yulduzni yaratdi. Seshanba kuni qush, qurt, qumursqani yaratdi. Chorshanba kuni suv, shamol, bulutni yaratdi. Jumladan, dov-daraxtni, o‘t-o‘lanni yaratdi. Ayni ana shu kuni rizq-nasiba-da ulashib berdi. Payshanba kuni jannat bilan do‘zaxni yaratdi. Nihoyat, Olloi taolo juma kuni... odamzotni yaratdi! Shanba kuni yaratmadi. Olloi taolo shanba kuni... dam oldi! Shu bilan hafta yetti kun bo‘lib qoldi. Nechun hafta yetti kundan iborat bo‘lib qoldi? Nechun hafta olti kun bo‘lmadi yo sakkiz kun bo‘lmadi? Sababi, toqlik — faqat Olloi taologa xos. Toqlik — faqat Olloi taologa yarashadi. Chunki Olloi taolo yagonadir, yagona! Men ana shu yakkayu yagona Olloi taolo nomidan so‘rayman: sovet kommunistlari orden-medallarini topshirsin! Botir firqa gap tagini ilg‘amadi. Gap mag‘zini anglamadi. Derazaga qarab xayol so‘rdi: «Ana endi, qayta quruvchilar xudoni nomidan so‘zlagich bo‘libdilar. Kelib-kelib, xudoni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling