Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
78 «Orden olasan-a, orden olasan! — dedi Botir firqa. — Olib bo‘psan! Senlardan orden qarzim bormi? Senlar qachon menga orden berib eding? Bu ordenlarni menga Yo‘ldosh Oxunboboev bergan, Sharof Rashidov bergan. Orden olganlaringniyam ko‘raman!» Botir firqa ko‘ksi — ordenidan qo‘lini oldi. Quloch otib-quloch otib qadam bosdi. «Shartaki bo‘l, sanamarasta bo‘l, evi bilan bo‘l-da! Nonko‘r bo‘l, evi bilan bo‘l-da! — dedi. — Senlar, o‘zi, qaerdansan? Senlar, o‘zi, qaerda o‘sding? Senlar, o‘zi, kimni bolasisan? Osmondan tush-a, nonko‘rlar, osmondan shaloplab tush-a, nonko‘rlar! Senlar sovet tuzumi tug‘ruqxonasida tug‘ilding, sovet tuzumi bog‘chasida katta bo‘lding. Senlar sovet tuzumi maktabida o‘qiding, sovet tuzumi institutida o‘qiding. Bir yumalab... jurnalni oynoma, deb atading, gazetani ro‘znoma, deb atading, redaktorni muharrir, deb atading. Ismi-familiyangni... Mirzaxo‘ja qizi, deb atading. Bir yangilik shu, bor o‘sish shu, bor farq shu! Bu qadar nonko‘r bo‘lma-da, qayta quruvchi demokrat! Senlar, o‘zi, sotsializmdan chiqding. Senlar, o‘zi, porloq kommunizm sari olg‘a borayotib eding. Senlar pioner eding, komsomol eding. Senlar kommunist eding, kommunist! Ana shunday bir vaqtda Moskvadan... shunday, Moskvadan... bir baxt qushi uchib keldi. Baxt qushi boshing uzra aylandi-aylandi... Oxir-oqibat — boshingga kelib qo‘ndi. Bu baxt qushini oti mustaqillik bo‘ldi, mustaqillik! Bu baxt qushini oti — ozodlik bo‘ldi, ozodlik! Bu baxt qushini... oshkoralik shamoli uchirib keldi, demokratiya shamoli uchirib keldi, qayta qurish shamoli uchirib keldi! Bunday baxt qushiga erishish uchun xalqlar... ariq-ariq qon to‘kadi, ariq-ariq qon! Bunday baxt qushiga erishish uchun vatanlari kunpayakun bo‘ladi, kunpayakun! Senlar esa... tayyor oshga ega bo‘lding, tayyor oshga! Shunday ekan, tayyor oshni ye endi. Og‘zingdagi oshni yut endi». 60 Bo‘sag‘ada kampiri kutib oldi. Kampiri boshidan shlyapasini oldi. Yelkasidan kostyumini oldi. — Qalay o‘tdi, rais bova? — dedi. — Buzuqi qarisa-da, g‘amzasi qarimas, deydilar! — dedi Botir firqa. — Gap ko‘p. Bari maza-matrasiz gaplar. — O’zi, maylis shunday bo‘ladi-da, rais bova. — Bu qayta quruvchilar hali besh-olti ko‘ylak yirtishi kerak. Qayta quruvchilarda o‘sha... ko‘ylakni o‘zi yo‘q! Qayta quruvchilar hali... ko‘ylak ko‘rmagan! Qayta quruvchi demokrat — yalang‘och qirol! Shunday, qayta quruvchi demokratlar yalang‘och qirol! — Gap desang, qop-qop deng? — Yana-tag‘in, qayta quruvchi demokrat zoti bor — faqat... xudoni nomidan gapiradi! O’sha xudo — Yaratganni o‘zi har bandasiga bir arava beradi. Demak, har bandani o‘z aravasi bo‘ladi. Ana shu aravasini yo‘lda qoldirgan banda — odam bo‘lmaydi! Biri ikki bo‘lmaydi. Shu bois, har banda o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak. Dehqon ekinini ekishi kerak. Quruvchi imoratini qurishi kerak. Olim fanini yaratishi kerak. Ashulachi ashulasini aytishi kerak. Shoir... she’rini yozishi ke-rak! Ana o‘sha demokratlar — shoir. Demak, ular she’r yozishi kerak, she’r! Bir so‘z bilan aytsak, har banda o‘z kasbiy aravasini tortishi kerak. Ana o‘shanda... qayta qurish bo‘ladi! Ana o‘shanda... el-yurt obod bo‘ladi. Bular bir og‘izdan Orol-Orol, deydi. Nima, qayta qurish demak — Orol dengizi, demakmi? Qayta qurish demak — Orolni to‘ldirish, demakmi? Yaxshilab eshitsam, qayta quruvchi demokratlarni dardi boshqa, kampir. — Nima ekan, bildingizmi? — Hali aytib beraman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling