Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
81 yordam berib bo‘lmaydi. Men... pensiya pulimdan Orolga beraman! Mana shu oylik pensiyamni Orol fondiga bag‘ishladim, deb aytaman». Orolpanohlar birin-ketin minbarladi. Otashin-otashin nutkdar bilan Orolni... to‘ldirib-to‘ldirib tashladi! Lirik-lirik she’rlar bilan Orolni... qutqarib-qutqarib tashladi! Minbarga ashaddiy orolpanoh Madiev ko‘tarildi. Yig‘ilish ahliga qarab bosh irg‘adi. O’ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib bosh irg‘adi. Birdan... asl maqsadga o‘tdi: — Xonimlar va janoblar! — dedi. — Men umrimga achinmayman, men marksizm- leninizmni o‘rganishga ketgan vaqgimga achinaman! Yig‘ilish guvv-guvv etdi. Yig‘ilish qiy-chuv etdi. Yig‘ilish chuvv-chuvv etdi. Madiev qarsaklar ostida qoldi. Madiev ko‘krak cho‘ntagidan bir hujjat oldi. Hujjatni xalqqa peshladi. — Mana, KPSS bileti! - dedi. - KPSS, KPSS... Barcha taraqqiyparvar mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy qonun-qoidalar inson huquqlari manfaatidan kelib chiqadi. Bizda esa, yetmish yil mobaynida hamma narsa hukumat manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqtsi. Hukumat kim? KPSS! Chunki KPSS yetmish yil davomida hukmron bo‘lib keldi. Kommunistik partiya yetmish yil davomida mamlakatni boshqarib keldi. Kommunistik partiya yetmish yil mobaynida biz sizlarga farovon turmush ato qildik, deb qayta-qayta uqtirib keldi. KPSS bizga go‘zal hayot taqdim etgan emish! Buni qarang-a! Mana shu qip-qizil bilet bizga hayot hadya etibdi! Shugina bilet-a! Demak, shu qizil bilet bo‘lmasa — hayot bo‘lmas ekan-da? Shu qalin qog‘oz bo‘lmasa — biz yashamas ekanmiz-da? Buni qarang-a! Men endi mana shu quruqdan-quruq KPSS qonun-qoidalariga qarab emas, taraqqiyparvar jahon mamlakatlarida qabul qilingan umuminsoniy qonun-qoidalar, umumbashariy xulq-axloq talablari asosida o‘z taqdirimni o‘zim hal qilmoqchiman. Meni shu kundan boshlab Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi a’zosi hisoblamasliklaringizni so‘rayman! Gulduros qarsak bo‘ldi. Uzluksiz qarsak bo‘ldi. Madiev KPSS biletini minbarga tashladi. Xalqqa qarata qo‘l silkidi. «Nahotki, partiya tashkilotlari befarq qaraydi? — uyladi Botir firqa. — Nahotki, kommunistlar sukut saqlaydi?» Minbarga Dilya ko‘tarildi. — Ha, KPSS — partiya emas edi! — dedi Dilya. — KPSS hukmron edi, KPSS hokim edi! Go‘ringdan tutun chiqqur Brejnev KPSS yakkahokimligini yangi Konstitutsiya bilan qonunlashtirib ham berdi. Kamina ana shundan keyin KPSS safiga o‘tishga majbur bo‘ldim. Chunki ko‘rib turibsiz — kamina bir ojizai zaifa, KPSS esa, diktator edi! KPSS zolim edi! Biz ojizai zaifalar diktatorlik zulmi ostida o‘z... ayollik iffatimizni yo‘qotib qo‘ymasligimiz uchun KPSS safiga kirishga majbur edik. Biz zaifalar, zolim KPSS qamchisi ostida... nogironu notavon bo‘lib qolmasligimiz uchun KPSS vznosini to‘lab turishga majbur edik. Atoqli shoirimiz G’afur G’ulom aytganlaridek, bizning ayollarga hayo fazilat! KPSS uchun esa — hayo begona, or-nomus begona! Men endi KPSS safida qololmayman! Nomi ulug‘, suprasi quruq KPSS safida qololmayman! Shunday bir jirkanch partiya safiga o‘tganim uchun men siz qorako‘zlardan... kechirim so‘rayman! Shunday bir jallod KPSS safida yillab vznos to‘lab yurganim uchun men siz qorako‘zlardan... ming bora uzr so‘rayman! Meni afv eting, yaxshilar! Mana, jallod KPSS bileti! Dilya KPSS biletini minbarga tashlab tushdi. «Bularni yo‘ldan qaytarish kerak, — o‘yladi Botir firqa. — Bular hali yosh kommunistlar. Bularga tushuntirish ishlari olib borish kerak. Bularni partiya o‘quv yurtlariga, siyosiy kurslarga o‘qishga yuborish kerak. Ana o‘shanda ko‘zlari ochiladi. Ana o‘shanda KPSS |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling