Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
89 topshiraman? Ana shuni bilmayman! Dono bo‘lsang, ayt? Omonatni uzish yo‘lini ayt». Radio xo‘p muzika chaldi. Mumtoz-mumtoz muzika chaldi. Botir firqa muzika og‘ushida yotdi-yotdi — ruhi orom oldi. Qalbi rohat oldi. Qalbida munislik davr surdi. Tan-jonida muntazamlik davr surdi. Joyidan ohista qo‘zg‘oldi. O’ziga oro berdi. Tashqariladi. — Yo‘l bo‘lsin? — dedi kampiri. — Oyog‘imni yoyib kelaman, — dedi. Tag‘in qabriston yo‘l oldi. O’tkinchi-ketkinchilar bilan salom-alik etmaslik uchun — yo‘lini chetlardan oldi. Odamlarni ko‘rib-ko‘rmaslikka oldi. Tikka qarab yurdi. Qabristonga-da tikka kirib bordi. Tosh bitikchini kulbasiga-da tikka kirib bordi. Tosh bitikchi bilan ko‘rishib-so‘rashdi. Tosh bitikchini yonidan joy oldi. Yuzlariga fotiha surtdi. — Marhumlarni yo‘qlab kelibsiz-da, otaxon? — dedi tosh bitikchi. — Marhumlarni yo‘qlab turish savob ish. Ko‘p savob ish. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytadilarki, dafn etilgan marhumni holi bamisoli suvga g‘arq bo‘layotib, yordam so‘rayotgan insonni holiga o‘xshaydi. Bordi-yu, ota-onasi, yor-birodarlaridan duo yoxud istig‘for borib qolsa, bu marhum uchun dunyodagi barcha narsalardan mahbubroq bo‘ladi. Darhaqiqat, Olloh taboraka va taolo qabrlarga ahli tiriklarning duolarini yetkazadi. Tiriklarning marhumlarga qiladigan hadyalarini talabi g‘ufron va rahmat hamda istig‘fordir... — Shu maqsadda keldim, uka... — deya manqalandi Botir firqa. — Yashang, otaxon, yashang. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam naql qiladilarki, inson qabriston yonidan shunchaiki o‘tib ketayotganda ham: «Qul huvallohu ahad»ni o‘n bir marta aytib, marhumlarga uning savobini bag‘ishlasa, marhumlar odaticha, o‘sha insonga ham savobi tegadi. Botir firqa bosh irg‘ab ma’qulladi. Kafti bilan lablarini siladi. Tomog‘ini qirdi. Nimadan gap boshlashini bilmadi. — Shu, biz partiya-sovet organlarida ishlab, shu... namozxonlikka vaqtimiz bo‘lmadi, uka... — deya chaynaldi Botir firqa. — Iya, hali namoz o‘qishni bilmaysizmi? — Partiya-sovet ishlarini bilamiz, uka. O’zingizdan qolar gap yo‘q. Kabinet, kreslo, telefon, majlis, nutq... Umrimiz ana shunday o‘tdi, uka. Uvol-savob ishlaridan bebahra qoldik. — Namozxonlikni foydasi katta, otaxon. Namoz o‘qish vaqtida namozxonni asab tomirlari muloyim bo‘ladi, diqqat-e’tibori bir nuqtaga jam bo‘ladi. Namozxon ruhiyati tirikchilik tashvishlaridan xoli bo‘ladi. Hordiq-orom oladi. Zehn-zakovati peshlanadi, fikr yuritish uchun sog‘lom bo‘ladi. Namozxonlik yettilik raqamiga imon keltiradi. Ya’ni, namozxon yerga sajda qilganda — namozxonni tashqi a’zolaridan yettita joyi yerga tegib-tegib oladi. Burni-peshonasi, ikkita qo‘li, ikkita tizzasi va ikkita oyog‘ini ikkita uchlaridir. Namoz vaktida namozxonni ichki a’zolari cho‘qqidan samo sari talpingan... burgut misol parvoz tuyg‘ularini his etadi! Shu sababdan donolar: «namoz o‘qish — me’rojga chiqish demakdir», deydilar. Boisi, namozxonni ichki a’zolari bilan ilohiy dunyoni ichki muloqotda bo‘lishi — me’rojni bir ko‘rinishi, demakdir. Tosh bitikchi derazadan marhumlar shahriga qaradi. Keyin, Botir firqaga qaradi. — Uvol-savob ishlarini bilmasangiz, unda qiyin ekan, — dedi. — Savob ishlarni hadislarga qarab qilmasangiz, marhumlar uvoliga qolasiz, otaxon. Yaxshisi, bunday qilasiz: shunday borib, qabrni bir chetiga o‘tirasiz. Aslo, qabr ustiga oyoq bosmaysiz. Hadislarda: qabr ustida o‘tirishdan ko‘ra cho‘g‘ ustida o‘tirib... kiyim va badanlaringiz kuysa, yaxshiroqdir, deyiladi! Qabr boshiga borganingizda, marhumdan biror narsa so‘ramang. Ovoz chiqarib yig‘lamang. Qabr boshida chiroq yoqmang. Qabrni bir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling