Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
97 yo‘qoladi. Bir so‘z bilan aytsak, u zotni... bu dunyosi yo‘qoladi! U dunyosi esa... do‘zax bo‘ladi! Go‘ri go‘r emas — o‘ra bo‘ladi! Go‘ri go‘r emas — do‘zax bo‘ladi! Mazkur o‘rada odamzot yotibdi yo masliq yotibdimi — el-yurtni ishi bo‘lmaydi. Do‘zax — ana shu go‘r! O’zi, bu dunyo ajab dunyo ekan. Odam o‘zini do‘zaxi yo jannatiligini bilishi uchun... o‘lishi kerak ekan, o‘lishi! Masalan, Sharof Rashidov hayotligida jannati mehnat qildi, jannati yaratuvchilik qildi, jannati ishlar qildi. Sharof Rashidov... cho‘l-biyobonlarni bog‘-bo‘ston etdi. Shahar- qishloqlar yaratdi. Zilziladan keyin Toshkentni qayta qurdi. O’zbek xalqi nomini jahonga yoydi. Toshkentda metro qurdi... Ammo-lekin o‘rtoq Rashidov o‘zini jannati zot ekanini bilmay o‘tdi. O’zgalar-da... bilib- bilmaslikka oldi! O’lim... Sharof Rashidov jannati zot ekanini tasdiqladi! Bu dunyodan Sharof Rashidov o‘tdi — demak, bu dunyodan hamma o‘tadi! Mana, men yaratdim, men bino etdim. Endi, bemalol oyoq uzatsam bo‘ladi. Ammo-lekin qayta quruvchilar qanday qilib... o‘ladi? Demokratlar qaysi yuz bilan o‘ladi? Shariatpeshvo mullavachchalar bilan yuvuqsiz otinchalar qaysi imon bilan o‘ladi? Qaysi shon-sharaf bilan o‘ladi? Qayta quruvchi mullavachchalarni ko‘mib... odam o‘lishini-da bilmaydi, qolishini-da bilmaydi! O’lay desang... qayta quruvchi mullavachcha-otinchalarga bu dunyoni tashlab ketib bo‘lmaydi. Qolay desang... iroda bardosh bermaydi. Mayli, bir jon bo‘lsa — beraman! Bir jon — boshdan sadaqa! Ammo-lekin qaysi g‘oya uchun jon beraman? Men bir umr g‘oya deb yashadim. G’oya deb mehnat qildim. G’oya deb peshona teri to‘kdim. Men bir umr g‘oya deb ezildim. G’oya deb azob chekdim. G’oya deb... jon olib-jon berdim! Boisi, kommunist uchun g‘oya — birlamchidir, birlamchi! Shunday ekan, men qaysi g‘oya uchun jon beraman? Shunday aziz jonimni qaysi g‘oya uchun sadaqa etaman? Meni jonim uncha-muncha jonlardan emas. Kimsan — Botir firqani joni! Kommunist Esonovni joni! Ko‘chada qolgan jon yo‘q!» Botir firqa oyoqlari ostidan bir siqim tuproq oldi. Tuproqni kaftida yoyib ko‘rdi. Ko‘zlari oldiga olib kelib ko‘rdi. Hidlab-hidlab ko‘rdi. Dimog‘ida... yer hidini tuyib-tuyib o‘yladi... «Mana, odamzotni otasi. Mana, odamzotni onasi. Mana, odamzotni beshigi! Dunyodan necha-necha jamiyatlar o‘tdi — faqat yer qoldi. Necha-necha partiyalar o‘tdi — faqat yer qoldi. Necha-necha siyosatlar o‘tdi — faqat yer qoldi. Demak, bu dunyoda-da, u dunyoda-da... yerdan boshqasi bekor ekan! Biz ana shu yerdan yaraldik. Biz ana shu yerdan odam bo‘ldik. Aytaylik, ona o‘z bolasini tuproq yerga qo‘yib yuboradi. Yalang oyoq qo‘yib yuboradi. Bola yer changitib o‘ynaydi. Holdan toyguncha o‘ynaydi. Madori quriguncha o‘ynaydi... Keyin, ona bolasini yana qaytib o‘z bag‘riga oladi. Ona bolasini yana qaytib o‘z ko‘ksiga bosadi... Yer ana shu ona misol. Inson ana shu bola misol. Insonni o‘tmishi-da yer, insonni kelajagi-da yer. Ana, meni-da onam keldi. Onam: kuning qaytdi, deyapti. Ketar vaqting bo‘ldi, deyapti. Kuning to‘ldi, deyapti... Shunday, ketar vaktim bo‘ldi. Shunday, kunim to‘ldi. Yashashdan mazmun qolmadi. Yashashdan maqsad qolmadi. Boisi, el-yurtga foydam tegmay qoldi. El-yurt xizmatiga yaramay qoldim. El-yurtga yaxshilik qilish qo‘limdan kelmay qoldi. Oqibat, el-yurtga kerak bo‘lmay qoldim. El-yurtga kerak bo‘lmaslik — juda yomon! Odamzotni ibtidosi-da g‘oyibda bo‘ladi, intihosi-da g‘oyibda bo‘ladi. G’oyibdan yo‘lga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling