Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
94 birov bilmay qolyapti. XX asrni yaratgan zotlarni qadri shu bo‘ldimi? Bilsam, ta’ziyanoma berish uchun — gazetaga yaxshigina pul to‘lash kerak ekan. Arpaga upoq bo‘lmas... pensiya qaysi biriga bo‘ladi? Hademay, urush va mehnat veteranlaridan faqat xotira qoladi, xolos. Hali, shu xotira qolsa! Zamon shunday ketsa, XX asrni bino etgan zotlardan xotira-da qolmaydi... — O’z joniga o‘zi qasd qiluvchilar yomon odam bo‘lmaydi, deyishadi. — Bo‘lmasam-chi, uka, bo‘lmasam-chi! Suitsidlar dono odam bo‘ladi, uka, suitsidlar halol odam bo‘ladi! Erazm Rotterdamskiy: faqat mutafakkir zotlargina o‘z joniga o‘zi qasd qila oladi, deb edi! — Sovet davrida o‘z joniga o‘zi qasd qilish juda ko‘p bo‘lar edi. Birov o‘zini osar edi, birov o‘zini tomdan tashlar edi. Tag‘in birov yo‘g‘on tomirini kesar edi, uksus ichar edi. Bir inson nima uchun o‘z joniga o‘zi qasd qilgani bilan sovet rahbarlari shug‘ullanmas edi. Shug‘ullansa ham... bechora marhumni o‘zini ayblashar edi. — O’zimiz ham... bundan mustasno emasmiz, uka. — O’zingiz ham? — Beayb parvardigor, deydilar, uka. Sovet davrida... biz kommunizm quramiz, bizda suitsid bo‘lishi mumkin emas, deb keldik. Shu bilan suitsidga barham berdikmi? Aksincha, o‘z joniga qasd qiluvchilar soni yil sayin ko‘paydi. Har yili minglab inson o‘z joniga o‘zi qasd qildi. Biz bu holatni sovet turmush tarziga zid, deb baholadik. Suitsid hollarni bekitib keldik. Mabodo oshkor bo‘lib qolsa, o‘sha suitsidchini... o‘zini aybladik! O’z joniga o‘zi qasd qiluvchilarni... badnom qildik! Chunki eng yaxshi guvoh — o‘lik guvoh, deydilar. Ko‘zi yumuq inson sukut saqlab yotaveradi. Ko‘zi ochiq insonlar esa mazza qilib yashayveradi. Bo‘lmasa, bittagina ko‘zi yumuq inson uchun o‘nlab rahbar hayfsan oladi, partiyadan o‘chadi, ishdan haydaladi. Vaholanki, sovet sud-jamoat kodeksida: «Insonni o‘z joniga qasd qilishiga olib kelganlar besh yil muddatgacha jinoiy javobgarlikka tortiladi», deyilgan. Men haligacha biror rahbarni ana shu modda bilan javobgarlikka tortilganini eslay olmayman. — Unda, siz ham chatoq ekansiz, otaxon. — Beayb parvardigor, uka, beayb parvardigor. — Unda, siz bilan muloqotda bo‘lish xavfli ekan... — Iya, unday demang, uka, unday demang. Botir firqa dovdirab qoldi. Joyidan lik etib turdi. Apil-tapil o‘ng cho‘ntagini kovladi. Chap cho‘ntagini kovladi. Shoshib, hind choyni oldi. Tezlik bilan tosh bitikchini kaftiga qo‘ydi. Tosh bitikchini barmoqlarini yumib, choyni ushlatdi. — Mana, uka, mana. Haqimizga duo qilib ichasiz, deb olib keldim. — Bu, xind choymi? — Shunday, yaxshi choy, shunday. — Nima qilardingiz, otaxon, o‘zingiz ichsangiz bo‘lardi? — Endi, siz el-yurtni savob ishlarini qilyapsiz, uka. El-yurt xizmatini qilyapsiz. Shu bois, ko‘ngildan chiqarib olib keldim. — Rahmat, rahmat. Ilohi omin, umringizga umr qo‘shilsin, Olloh-akbar! Men sizga aytsam, otaxon, bandachilik — xudoyi taoloning dargohiga mehmon bo‘lib borish, demaqdir. Marhumlar shahriga sayyoh bo‘lib borish, demakdir. Shunday ekan, inson mehmon bo‘lish uchun shoshilmasligi kerak. Mehmon bo‘lishni erta-kechi bo‘lmaydi. Qolaversa, o‘z joniga o‘zi qasd qilishni yomon tomonlari ko‘p. Avvalambor, o‘z joniga o‘zi qasd qilish — xudo oldida jinoyat qilish, demakdir. Ma’lumki, bandasiga issiq jonni xudoyim taolo ato etadi. Ol, qulim, deydi! Issiq jon — eng noyob bisotdir. Issiq jon — eng shirin ne’matdir. O’z joniga o‘zi qasd qilish — xudoyim taoloni noyob mulkiga qasd |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling