Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
69
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 92 Bir inson tavalludi nishonlanar bo‘lsa... xalq yubilyarni ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. Yubilyarni xizmatlarini ulug‘laydi. Savob ishlarini barmoq bilan sanab beradi. Yubilyarga... haykal qo‘yadi! Ana shu zot bandachilik etsa... hayhot, marhum erta ketdi, deydi. Hayhot, marhumni ko‘p ishlari chala qoldi, deydi. «Bilaman, men haqimda-da shunday deydi, — o‘yladi Botir firqa. — Xo‘sh, qaysi ishim chala qoldi? Uzi, keksalik... bir umrlik mehnat samarasi, demak. Keksalik... bir umrlik azob-uqubat, demak. Keksalik... bir umrlik g‘am-anduh demak. Shu bois, keksa odam... haminqadar e’zozga loyiq. Haminqadar marhamatga loyiq. Boisi, keksa odam... yashamaydi, yashamaydi! Keksa odam... so‘nggi marosimiga hozirlik ko‘radi. Keksa odam... dafn marosimini poylaydi! Dafn marosimini... uzi-kib-uzikib poylaydi...» 70 «Bu safar dangal gaplashaman, — dedi Botir firqa. — O’ziyam, tosh bitikchi bilmagan balo yo‘q ekan. Shundan bir ish chiqadi. Hind choyni ko‘rsa, tag‘in-da ochilib gaplashadi». Botir firqa tokchadan bir yumaloq hind choy oldi. Kampiriga bildirmay, kostyum cho‘ntakka soldi. Baxmal shlyapani boshga qo‘ndirdi. — Fotihaga borish inson uchun ham qarz, ham farz! — dedi. — Fotihali joy bor edimi? Aylanay, rais bovamdan, aylanay... U xayollar og‘ushida marhumlar shahriga kirib keldi. Kulba ochiq bo‘ldi. Ammo tosh bitikchi yo‘q bo‘ldi. Vaziyatdan, tosh bitikchi shu tevarakda yurmish bo‘ldi. Botir firqa tosh bitikchi kelgunicha marhumlar shahrini sayr etdi. Qo‘llarini orqasiga qo‘yib sayr etdi. To‘xtab-to‘xtab sayr etdi. Favqulodda... tosh bitikchini oldidan chiqib qoldi! Tosh bitikchi bir qabr panjarasini tuzatar bo‘ldi. Panjarani ding-ding urib ko‘rsatdi. — Manavini qarang, otaxon, — dedi. — Shunday temirni mayishtirib ketibdi-ya! Yosh boladan hech balo qolmaydi-ya! — Yosh bola, yosh bola-da, — dedi Botir firqa. — Boshqa narsa quriganday, shu panjarani mayishtirib olib, qilichbozlik o‘ynaydi-ya! Birovini qulog‘idan cho‘zib, panjara ichidagi qabrni ko‘rsatdim. Manavi nima, dedim. Anavi suratdagi odamni hovlisi, deydi! Unda, birovni hovlisida o‘ynama, bor, o‘zingni hovlingga o‘yna, dedim. — Binoyi qilibsiz, xo‘p binoyi qilibsiz. Botir firqa shunday deya, panjara oldi skameykaga cho‘kdi. Tosh bitikchi panjarani tuzatib bo‘ldi. Asbob-anjomlarini xaltaga soldi. Botir firqani yonidan joy oldi. Nafasini rostladi. — Ha-a, keling, otaxon? — dedi. — Olamda nima gaplar, endi? — Olam tinch-osoyishta. Shu, qayta quruvchilar baqirib-chaqirib yuribdi, xolos. — Men qayta quruvchilardan qo‘rqmayman, otaxon. Qayta quruvchilar meni ishdan bo‘shatolmaydi. Men ishsiz qolmayman. Chunki odam bor — o‘lim bor. O’lim bor — men bor! O’limni ishi — mensiz bitmaydi. — Ishqilib, qayta quruvchilar hammani haydayapti. — O’zbek o‘zagini qirqadi, otaxon, o‘zbek o‘zagini qirqadi! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling