Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
95 qilish, demakdir! O’z joniga o‘zi qasd qilish — xudoyim taoloni ne’matiga qasd qilish, demaqdir! Shu bois, o‘z joniga o‘zi qasd qilish — xudoga qo‘l ko‘tarish, demakdir! Albatta, xudoyim taolo bunday bandalarini la’natlaydi. Ey inson, sen mening bandam emassan, deya la’natlaydi. Shu bois, o‘z joniga o‘zi qasd etgan bandasini... yuvmay ko‘mishni buyuradi! — Nima qiladi-nima qiladi? — O’z jonini o‘zi olgan insonni... yuvmaydilar. Marhumni tobutga solishdan oldin... yuvib-chaymaydilar. Botir firqa seskandi. Badanlari uvishdi. Ko‘zlari pirpiradi. Ko‘zoynagi ustidan olayib-olayib qaradi. — Bir inson-a? — deya hayratlandi. — O’z ixtiyori bilan tarki dunyo etayotgan inson- a... — Xudoyim taolo: bu mening bandam emas, la’natini yuvib-chaymasdan... ko‘mib tashlanglar, deydi. Sadqai inson nomi ketsin, deydi. Haromlayin... haromlayin ko‘mib tashlanglar, deydi. — Insonni yuvmasdan ko‘mish? Inson... mol emas-ku? — Bandasiyam emas-da? Bandasiyam emas ekanki... o‘z joniga o‘zi qasd qiladi! — Inson-a, bir inson-a... — Xudoyim taolo o‘z joniga o‘zi qasd qilganlar uchun... janoza ham buyurmaydi, janoza! Suf senga janoza, suf, deydi! — A-a?! U-uh! U-u-u... Botir firqa... hir-hir tovush chiqardi. Pish-pish nido chiqardi. Shir-shir hushtak chiqardi. Ammo... tili aylanmadi! Tili kalimaga kelmadi. Bir so‘z-da aytolmadi. Beixtiyor-beixtiyor joyidan qo‘zg‘oldi. Qo‘llarini yon cho‘ntaklariga soldi. Marhumlar shahriga qarab serrayib qoldi. Marhumlar shahriga qarab qotib qoldi... Botir firqa ana shularni... bilmas edi! Dafn urf-odatlari barcha mo‘min-musulmonlar uchun bir xil, deya o‘ylar edi. Marhumlar bir xil rasm-rusumda dafn etiladi, deya o‘ylar edi. Marhummi, bo‘ldi — ko‘p qatori dafn etiladi, deya o‘ylar edi. — Birdan turib ketdingiz, otaxon? Botir firqa tosh bitikchini ovozidan o‘ziga keldi. Sergak bo‘lib, tevarak-boshiga qaradi. — A? Oyoqlarim uyushib qoldi, uka, oyoklarim! — dedi. — Ha-a, meniyam oyoqlarim qotib qoldi. Xo‘p, otaxon, men endi boray. Meni yo‘qlayottan bo‘lishlari mumkin. Botir bo‘ling: o‘zbek — o‘zagini qirqadi! Bo‘laman degan el bir-birini botirim, deydi, bo‘lmayman degan el bir-birini etini yeydi! Keling, keladigan joyingiz! — Kelaman, albatta kelaman! — Xudoyim taolo quyoshni ziyo, oyni nur qilib yaratgan, otaxon. Emishki, xudoyim taolo odamzotni zuvalasini loydan pishitib bo‘lgach... odamzot ustidan atigi bir kun... bir kungina quvonch yomg‘irini yog‘diribdi! Keyin, odamzot ustidan... qirq kun, ha-ha, qirq kun... g‘am selini yog‘diribdi! Ana shu g‘am seliga bardosh berish... bandasi uchun ham qarz, ham farz, otaxon! 71 Qabriston darvozasidan... bir soya chiqib keldi. Shunday, bir soya chiqib keldi. Soyada hayot alomati bo‘lmadi. Jon alomati bo‘lmadi. Yuzlarida rang bo‘lmadi. Ko‘zlarida nur bo‘lmadi. Soya... siljib-siljib qimirladi. Shunday, soya siljidi, soya qimirladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling