Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 Ko‘z oldi zim-ziyo bo‘ldi. Oyoq oldi bir kundaga... shilq tushdi. Birdan... olam yorug‘ bo‘ldi. Dunyo tiniq bo‘ldi. Hayot tirildi. Botir firqaga... dunyoni endi ko‘rmish odam misol o‘raga mo‘ltaydi. Uykudan endi uyg‘onmish odam misol chinorga mo‘ltaydi. Munis-munis mo‘ltaydi. Mo‘ltaydi-mo‘ltaydi... ho‘ngrab yig‘ladi. Ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi. Notavon-notavon yig‘ladi. Xokisor-xokisor yig‘ladi. Yonoqlaridan dardlari duv-duv to‘kildi. Favqulodda kulimsidi! Totli-totli kulimsidi. Endi... kulimsib-kulimsib yig‘ladi. — Kampir, bizni bog‘larimiz... xalqaro yo‘l bo‘lar emish, — dedi. — Bizni bog‘larimiz... Buyuk ipak yo‘li bo‘lar emish. Biz endi Buyuk ipak yo‘lidan yuramiz. Botir firqa kundadan qo‘zg‘oldi. Oyoqqa qalqdi. Shunda, o‘ra labidan tuproq ko‘chdi. Ko‘char tuproq Botir firqani oyoqlari oldida bo‘ldi. Shu bois, Botir firqa muvozanatni boy berdi. Qulochlari yoyildi. Ketiga chalqaydi. Shasht bilan o‘zini o‘nglab oldi. Ordenlari jarang-jurung etdi. Nimadir bir nima... lip etib yerga tushdi. Ko‘char tuproq bilan o‘ra ostiga siljib ketdi. Botir firqa enkayib qaradi. Sinchiklab qaradi. Nima ekan — bilolmadi. Boisi, o‘ra chuqur bo‘ldi, tuproq qora bo‘ldi. Botir firqa ordenlarini qaradi. Ordenlarini ushlab-ushlab sanadi. Ordenlar... tugal bo‘ldi! Ko‘krak cho‘ntakni paypasladi. Ana shunda angladi. Partbileti... partbileti o‘raga tushib ketibdi! Kommunistik partiya bileti o‘rada yotibdi! O’rtoq Lenin siymosi tuproqda qorishib yotibdi! Botir firqa suvga kalla qilajak cho‘miluvchi misol quloch yoydi. Qulochini bitta jamladi. Boshi baravar etdi. O’raga nish etdi. O’raga bosh egdi. O’ra chuqur bo‘ldi, o‘ra qaltis bo‘ldi. Qaltisdan-qaltis joyi — o‘raga tashlovchi... qari bo‘ldi! To‘qsonlarni qoralab qolgan munis chol bo‘ldi. Shu bois, qariya shaytonga hay berdi. Qariya shashtidan qaytdi. Ammo qariya ahdidan qaytmadi. O’ra labiga kaftlarini qo‘ydi. Oldin o‘ng oyog‘ini o‘raga soldi. Keyin chap oyog‘ini o‘raga soldi. Qariya o‘raga tushib boshladi. Shunda, oyog‘i osti tuproq ko‘chdi. Ko‘chki ohista endi. Uyam ko‘chki bilan endi. Ko‘z ochib yumguncha o‘ra ostida bo‘ldi. Botir firqa qaddini qomatladi. Kaftini kaftiga urib qoqdi. Ordenlarini ushlab-ushlab ko‘rdi. Sokin tin oldi. Tevarak-boshga qaradi. Enkayib qaradi. Tomirlar orasini mo‘ralab qaradi: partbilet ko‘rinmadi. «Yo men tushib kelgunimcha sichqon tortib ketdimikin? — dedi. — Endi qazilgan o‘rada sichqon nima qiladi?» Botir firqa serrayib turdi. Endi, o‘zi enib kelmish tuproqni kovladi. Partbilet ana shu ko‘chki ostida bo‘ldi! Botir firqa partbiletni qo‘shqo‘llab ushladi. Puflab-puflab tozaladi. Ko‘zlari oldiga olib keldi. Misoli olis ayriliqdan keyin tikildi. Sog‘inch-sog‘inch bilan tikildi. «Bu partbilet meni o‘qitdi, xat-savodli etdi, — dedi. — Shu partbilet tufayli o‘sib-undim, katta martabalarda ishladim. Yeganim oldimda bo‘ldi, yemaganim ketimda bo‘ldi. Mana, qarilik pensiyasi olib yotibman. Bir so‘z bilan aytsak, ushbu partbilet men uchun non- nasiba bo‘ldi. Ushbu partbilet rizq-ro‘zim bo‘ldi». Botir firqa partbiletni tag‘in pufladi. Silab-siypadi. Ehtiyot uchun galife shim kissasiga soldi. Endi, oshkora aytdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling