Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
101 U orden-medallariga tikilib qoldi. «Besh-oltita oqsoqol deyapti. Demak, tanlab-tanlab taklif etibdi, — deya o‘yladi. — Unday kazo-kazolar oddiga bor topgan-tutganni taqib borib bo‘lmaydi. Tanlab-tanlab taqib borish kerak». Ana shunda... kampiri yo‘qligi tag‘indan-tag‘in bilindi! U ukraincha, ko‘ylakni hamon... kostyum deya o‘yladi. Hamon... kostyum kiyayapman, deya o‘yladi. Botir firqa ukraincha ko‘ylakka... orden taqib boshladi! «Bir... ikki... uch. Manovni-da ko‘ngli qolmasin». Taqir boshiga poxol shlyapa qo‘ndirdi. Ko‘zoynak taqdi. U o‘zini oynaga soldi. Dimog‘ ham g‘urur bilan tomoq qirdi. Eshik-darvozalarni qulfladi. Hokimiyat sari yo‘l oldi. 74 Botir firqa qo‘llari ketida qadamladi. Ohista qadamladi. Tantanali qadamladi. Beton ko‘priqdan o‘tdi. Pastlab endi. Oyoq tirab-tirab endi. Oyoq ilib-ilib endi. Nafas rostlab-rostlab endi. Hokimiyat binosi oldida qatorlanmish mashinalarni qoralab keldi. Mashinalarga suyanib turmish shofyorlar bilan salom-alik etdi. Shofyorlar Botir firqani bosh-adoq qaradi. Ukraincha ko‘ylakdagi... ordenlarga qaradi. Bir shofyor og‘zini ushlab kulimsidi. Bir shofyor betini burchakka burib kulimsidi. Bir shofyor chappa burilib... chuchkirdi. Bahonatalab shofyorlar chuchkurikdan... yayrab kuldi. — Iya, salomat bo‘lsinlar, salomat bo‘lsinlar! — deya kuldi. Botir firqa-da... qo‘shilib kuldi! Bosh irg‘ab-irg‘ab kuldi. — Biz-da shu tilakka yormiz! — deya kuldi. Ko‘zidan ko‘zoynakni oldi. Ro‘molcha bilan artdi. Hokimiyat bog‘iga qaradi. E’tibor bilan qaradi. Sinchkovlik bilan qaradi. Bog‘... yo‘q bo‘ldi. Kuyuq-quyuq bog‘ yo‘q bo‘ldi. Yam-yashil bog‘ yo‘q bo‘ldi. Har-har yerda kundalar yumalab yotdi. Shoxlar to‘da bo‘lib yotdi. Tuproqlar uyum bo‘lib yotdi. Arralar qirr-qirr borib keldi. Boltalar tars-tars yordi. Shoxlar qars-qars sindi. Bog‘ markazida bitta chinor omon qolmish bo‘ldi. Uyam bo‘lsa, bir yonbosh qiyshayib yotmish bo‘ldi. Chinor tevaragida odam mo‘l bo‘ldi. Sariq-sariq ust-boshlaridan — quruvchilar bo‘ldi. Bir quruvchi chinor shoxiga arqon boylab tortdi. Birovi chinor shoxi ayrisiga arqon tashlab osildi. Birovi chinor tomirini boltaladi. — Chinorni beliga tross solib, anavi samosval bilan tortish kerak, — dedi Botir firqa. — Trossi yo‘q ekan-da kambag‘allarni, — dedi bir shofyor. Botir firqa boshidan shlyapasini olib silkitdi: xayr, ishorasini berdi. — Yo‘l bo‘lsin, otaxon? — dedi bir shofyor. — Mana shu bog‘ hasharga taklif qilib edilar, — dedi. — Ha-a, rasmiy qismi o‘tib bo‘ldi, otaxon. — Iya-iya! — dedi Botir firqa. — Lekin sizni ko‘p qaradilar. — Hamma bo‘ldi, faqat siz bo‘lmadingiz. — Iya-iya, shunaqa deng? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling