Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
102 Botir firqa bir kelgan yo‘liga qaradi. Bir shofyorlarga qaradi. Bir oyoqlari ostiga qaradi. «Chin-da, bitta meni kutib o‘tiradimi? — dedi. — Endi, qaytib ketaversammikin?» — Otaxon, ozib-yozib kelibsiz, — dedi bir shofyor. — Endi bir borib, quruvchilarga hormang-bor bo‘ling etib keling. — Shunday deng, ammo-lekin shunday deng? Botir firqa yo‘lida davom etdi. Hokimiyat oldi yo‘laqdan yurdi. Yo‘lakdan boqqa bordi. Bog‘ aylanasi arg‘amchi ip bilan o‘ralmish bo‘ldi. Arg‘amchini har-har yerida qizil bayroqchalar ilig‘lik bo‘ldi. Ogoh etuvchi yozmalar ilig‘lik bo‘ldi. Botir firqa arg‘amchi ostidan o‘tmoqchi bo‘ddi. Bir o‘ngiga qaradi, bir chapiga qaradi. Bir qo‘li bilan shlyapasini boshiga bosdi. Bir qo‘li bilan arg‘amchini ko‘tardi. Arg‘amchi ostiga egildi. — Hay-hay! — deya ovoz keldi. Botir firqa qaddini ko‘tarib qaradi. Sariq kiyimlik kishi shahodat barmog‘i bilan yandi. Arg‘amchida ilig‘lik yozmaga ishora etdi. Botir firqa boshidan shlyapasini olib, kishiga qarata silkitdi: uzr-uzr, demish bo‘ldi. Shlyapasini boshiga qo‘ndirib, arg‘amchi-devor yoqalab yurdi. Shahodat barmog‘ini boshi uzra nish etdi. — Chin, texnika xavfsizligi! — dedi. — O’rtoq Esonov, texnika xavfsizligi! Arg‘amchi-devor yoqalashda davom etdi. Bog‘ni chap tarafiga keldi. Oyoqlari toldi. Yo‘l bo‘yi skameykaga cho‘kdi. Shlyapasini tizzasiga qo‘ydi. Chuqur nafas oldi. Taqir boshini ro‘molcha bilan artdi. Hokimiyat maydoniga tikildi: xuddi o‘zini boshiday tep-tekis maydon. O’zini boshiday tap-taqir maydon. «Sovet davrida har shaharni o‘z Lenini bo‘lar edi. O’rtoq Lenin shahar bosh maydonida tikka turar edi, — dedi Botir firqa. — Bizni Lenin mana shu maydonda tikka turar edi. O’rtoq Lenin qo‘lini mana bunday uzatib, yo‘l ko‘rsatib turar edi. XX asr o‘zbek xalqi dohiysi Sharof Rashidov bayramlarda kelar edi. Otalarcha quchoq ochib turar edi. Endi o‘rtoq Lenin yo‘q. Endi o‘rtoq Rashidov yo‘q...» Shu vaqt bir nima qars etdi. Botir firqa sapchib oyoqladi. O’pkasini qo‘ltiqpadi. Voh-voh etdi. Ichiga tuf-tuf etdi. Tevarakka alangladi. Birov miltiq otdi-yov, deya o‘yladi. Yo‘q, bog‘da... bog‘da so‘nggi chinor quladi! Birdan motorlar o‘chdi. Quruvchilar ovozi tindi. Ola-tasir bosildi. Botir firqa uyoqqa alangladi, buyoqqa alangladi. Soatiga qaradi: ish vaqti tamom bo‘ldi. Shlyapani boshga qo‘ndirdi. Shimi ketini qoqdi. Shimini tortdi. Ukraincha ko‘ylak yoqani tuzatdi. Bog‘ sari yurdi. Bu safar arg‘amchi-devor oldida egilib o‘tirmadi. Arg‘amchini shunday ko‘tarib, ichkari kirdi. Shoxchalarni qisir-qisir bosib bordi. Shoxlardan hatlab-hatlab bordi. Yaproqlarni ezib- ezib bordi. So‘nggi... so‘nggi chinor oldida oyoq ildi. Bir uy ichi joy o‘ra bo‘lib yotdi. O’ra odam bo‘yi chuqur bo‘ldi. O’ra girdi uyum-uyum tuproq bo‘ddi. Ura ichi patila-patila tomir bo‘ldi. Barmoqday tomir bo‘ldi. Bilaqday tomir bo‘ldi. Odamni soniday tomir bo‘ldi. O’qtomiri... odamni beliday bo‘ldi! Chinorni o‘zi... o‘ra yonboshida suyanib yotdi. Haybatli shoxlari ellik qadam olislarda tarvaqaylab yotdi... Botir firqa entiqdi. Botir firqa qizidi. Botir firqa lov-lov etdi. Qo‘llari qalt-qalt etdi. Yuzlari dir-dir etdi. Ko‘zlari pir-pir uchdi. Ko‘z oldi tuman bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling