Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
99 «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi! Bu dunyoda yashab bo‘ladi. Shu boisdan-da, bu dunyo otini hayot, deydi. Hayot — yashash, demak, quyosh — yashash, demak. U dunyoda... o‘lsa bo‘ldi! U dunyoda quyosh yo‘q. U dunyoda suv yo‘q. U dunyoda non yo‘q. Shu bois, u dunyoda yaratib bo‘lmaydi. U dunyoda ekin ekib bo‘lmaydi. U dunyoda... KPSS yo‘q, KPSS yo‘q! U dunyoda sotsializm qurib bo‘lmaydi!. U dunyoda kommunizm qurib bo‘lmaydi. U dunyoda... orden-medal yo‘q, orden-medal yo‘q! Qo‘sha-qo‘sha unvonlar yo‘q. U dunyoda... gimn aytib bo‘lmaydi! U dunyoda «Internatsional» aytib bo‘lmaydi! U dunyoda... pensiya bermaydi! U dunyoda pensiya yo‘q! U dunyoda... kampiri nozik ta’b bilan boqmaydi. Silab-siypalamaydi. Saranjom- sarishtalamaydi. Shu bois, u dunyoda o‘lsa bo‘ladi! U dunyoda oyoq uzatib yotsa bo‘ladi! Ko‘z yumib yotsa bo‘ladi! Bu dunyoda esa... yashasa bo‘ladi! Bu dunyo — yashash uchundir! Sen yashaguvchi dunyoga kelding. Sen hayot zavqini totuvchi dunyoga keling. Sen umr gashtini suruvchi dunyoga kelding. Bu dunyoga keddingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib- tugib yasha. Alp-alp odim otib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan! Bu dunyoga keldingmi? Endi chida! Dunyo — chidagan-niki! Oxirigacha chida, xudo bergan kungacha chida!» 73 U tushlik uyquda yotdi, g‘arq uyquda yotdi. Uyqusida telefon jiring etdi. Uzun jiring etdi. Botir firqa jiringni eshitib, yotdi. Ko‘zlarini ochib yotdi. Shiftga tikilib yotdi. Turay deya hafsala etmadi. «Telefon ayvonda, — dedi. — Ayvonga borish uchun kim qancha yo‘l? Divandan turish kerak. Ust-boshni kiyish kerak. Uyquxonadan yo‘l bosib o‘tish kerak. Ayvon eshigini ochish kerak. Zinapoyadan tushish kerak. Ana undan keyin telefonni ko‘tarish kerak. Kim qancha yo‘l, kim qancha azob». Telefon betinim jiring etdi. Yotish uchun qo‘ymadi. Botir firqa inqillab qo‘zg‘oldi. Esnab kerildi. Uyquchil kiyindi. «Padarla’nat, bunday telefonni! — dedi. Ovozi qayta quruvchi demokratlarni ovoziga o‘xshaydi-ya? Bilmayman, telefonlar ham qayta quruvchi demokrat bo‘lib qoldimi?» Botir firqa imilladi-imilladi — telefonni oldi. Telefon etuvchi o‘zini tanitdi. Hol so‘radi. Maqsadini aytdi: — Otaxon, eski gorkom — hozirgi hokimiyat binosi oldidan Buyuk ipak yo‘li o‘tadi, demoqdalar. Botir firqa uyquchil pish-pish etdi. — Yo‘lingiz unsin, o‘rtoq hokim, yo‘lingiz unsin, — dedi. — Gap shundaki, otaxon, hokimiyat binosi oldida besh-o‘nta o‘risi daraxt bor. — O’risi daraxt? Chinor deng, chinor. — Xo‘p, chinor, chinor. Gap shundaki, otaxon, Buyuk ipak yo‘li ana shu chinorlar joyidan o‘tar emish. Hokimiyat ma’muriyati kengashib, ana shu o‘risi daraxt... chinorlarni hashar yo‘li bilan olib tashlamoqchi bo‘ldi. Besh-oltita oqsoqolni hasharga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling