Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
96 Boisi, soya tor-tor qadam bosdi. Ohista-ohista qadami bosdi. Oqibat, oyoqlari ko‘rinmadi. Qadamlari bilinmadi. Shu bois, soya yuryaptimi yo siljiyaptimi, bilinmadi. Yuryaptimi yo qimirlayaptimi, bilinmadi. Soya quloch otmadi. Soya qo‘l kimirlatmadi. Qo‘llarini yonlariga bosdi. Soya bosh ko‘tarmadi. Yuzlarini ko‘ksiga egdi. Iyaklarini yoqasiga bosdi. Ko‘zlarini tuflisiga tiqdi. Soya birdan... siljimay qoldi. Joyida turdi-turdi — yo‘l cheti skameykaga cho‘kdi. Soya — Botir firqa bo‘ldi. Kommunist Esonov bo‘ldi. U ohista chapiga — marhumlar shahriga qaradi. O’ngiga — tiriklar shahriga qaradi. U marhumlar shahri bilan tiriklar shahri o‘rtasida o‘tirdi. Muztar bo‘lib qoldi. Mushtipar ham notavon bo‘lib o‘tirdi. O’tirdi-o‘tirdi... unsiz-unsiz yig‘ladi. Peshonasini ushlab-ushlab yig‘ladi. «Nima kunlarga qoldim-a? — deya yig‘ladi. — Bu qanday zamon bo‘ldi? Qariyb bir asr mehnat qildim. Bir umr ter to‘kdim. Bir umr el-yurt xizmatini qildim. Men uchun mehnat shon-sharaf bo‘ldi. Men uchun mehnat g‘urur ham faxr bo‘ldi. Men hayotni mehnat deb bildim. Men yashashni mehnat deb bildim. Men yaratdim, men bino etdim. Mana shu XX asrni... men yaratdim, men! Ana shunday zot ketsa — men o‘lsam, meni... yuvmaydilar, yuvmaydilar! Harom o‘lgan mol misol ko‘mib tashlaydilar! Sassiq masliq misol ko‘mib tashlaydilar! Menday bir zot o‘lsa... Menga... janoza o‘qimaydilar, janoza o‘qimaydilar! Oyog‘imdan sudrab... ko‘mib tashlaydilar! Nom-nishonsiz ko‘mib tashlaydilar. Oting nima demay, ko‘mib tashlaydilar. Itmisan-eshakmisan demay... ko‘mib tashlaydilar! Demak, shariat bo‘yicha... o‘lib bo‘lmaydi! Urf-odatlar bilan o‘lib bo‘lmaydi. Eskichasiga o‘lib bo‘lmaydi. Men chin kommunistman. Leninchi kommunistman. Men el-yurtga partiyaviy nazar bilan mehnat qildim. Men el-yurtga marksizm-leninizm g‘oyalari bilan xizmat qildim. Bir so‘z bilan aytsak, men mehnat qildim, mehnat! Men bola-baqram demadim — jamiyatim, dedim. Men bola-baqram uchun mehnat qilmadim — jamiyatim uchun mehnat qildim. Bir so‘z bilan aytsak, sovet jamiyati bor bo‘lsin, dedim. Kommunistik jamiyat bor bo‘lsin, dedim. Shunday bir otashin kommunist hayotdan ko‘z yumsa... Shunday bir sodiq leninchini yuragi urishdan to‘xtasa... Tobutim tepasida... harbiy orkestr motam marshi chalmaydi! Komsomollar orden- medallarim to‘la baxmal yostiqchalarni ko‘z-ko‘z etib o‘tmaydi. Kommunistlar tobutim ketidan gulchambarlar ko‘tarib yurmaydi. Partiya-sovet arboblari bilaklariga qora lentalar taqib, tobutim boshida faxriy qorovulliqda turmaydi. Yemondan-yomoni... partiya-sovet arboblari qabrim boshida: «U asl kommunist edi», deya otashin nutqlar so‘zlamaydi! Demak, kommunistchasiga-da... o‘lib bo‘lmaydi! Partiyaviy o‘lib bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytsak, eskichasiga-da o‘lib bo‘lmay-di, yangichasiga-da o‘lib bo‘lmaydi!» Botir firqa unsiz-unsiz yig‘ladi. Og‘iz-burnini kafti bilan artib-artib yig‘ladi. Kaftiga yo‘talib-yo‘talib yig‘ladi. Kaftiga o‘ksib-o‘ksib yig‘ladi. «Chin, men kommunistman, kommunist. Ammo-lekin men ham odamman, odam. Men jannat bilan do‘zaxga ishonaman. Ko‘plar hamma go‘r — bir go‘r, deydi. Yo‘q, hamma go‘r — bir go‘r emas, yo‘q! Go‘r bilan go‘rni farqi bor. Aytaylik, bir inson dunyodan ko‘z yumadi. Uni olib borib qabrga ko‘madilar. Bo‘ldi, shu bilan u zotni unutadilar, otini atamaydilar. Boisi, u zot bu dunyosida birorta ezgulik yaratmagan bo‘ladi. Biror nima qurmagan bo‘ladi. Birorta bog‘ yaratmagan bo‘ladi. Shu bois, u zotni nomi zim-ziyo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling