Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
91 ko‘zlarini kostyumi etaklari bilan artib-artib yig‘ladi. — Ey xudo, men bir notavon bandangman! — dedi. — Meniyam... yig‘ishtirib ol! Men g‘arib bandangniyam yig‘ishtirib ol-da qo‘y! Botir firqa kostyumi yoqalariga yuz-ko‘zlarini artdi. Hiq-hiq eta-eta, peshonasini bilaklariga ko‘ydi. O’pkasini bosolmay — hiq-hiq etdi. Yelkalari silkinib-silkinib — hiq-hiq etdi. Ko‘zlarini yumib... og‘ir tin oldi. Shunda, chala qolmish oyatni esladi. Tag‘in boshini ko‘tardi. Daftariga qaradi. Kaftlarini duo uchun ochdi. Oyatni davomini o‘qidi. Oyatlar... sukunatga singib-singib bordi: — Nas’alulloha lana va lakamul ofiyata. Ollohum mag‘fir lahum, Ollohu marham hum... Shu vaqt turli-tuman ovozlar eshitildi. Ovozlar tobora yaqin keldi. U yelkasi osha qaradi. Kaftlari muallaq ko‘yi qaradi. Ko‘zlarini pirpiratib qaradi. Orqa tarafda bir-ikkita qora ko‘rindi. Qoralar yaqin-yaqin keldi. Birovini boshida... harbiy kaska bo‘ldi. Birovini boshida... qizil askar telpagi bo‘ldi. Ikkovini-da qo‘lida... miltiq bo‘ldi! Ular... miltiq peshlab-miltiq peshlab keldi! Botir firqa yuzlarini o‘nglab oldi. Muallaq kaftlariga tikilib qoldi. «KGB-KGB! — deya o‘yladi. — Bular KGB! Ko‘za kunda sinmaydi, kunida sinadi, deganlari ana shu bo‘ladi. Men o‘rtoq Yagoda qilichlarini aylanib o‘tdim. Men o‘rtoq Yejov o‘qlariga chap berdim. Men Lavrentiy Beriya qamoqlaridan eson-omon o‘tdim. Ana, ana endi qo‘lga tushdim! Nihoyat qo‘llik bo‘ldim». — Tur joyingdan, tur! Botir firqa oldin bir tizza bo‘ldi. Keyin, ikki tizza bo‘ldi. Kaftlarini yerga tiradi. Ohista qo‘zg‘oldi. Yelkalarini qisib, turdi. G’aribona turdi. — Qo‘lingni ko‘tar! Botir firqa qo‘llarini ohista ko‘tardi. Yelkalari osha qo‘tardi. Boshp uzra ko‘tardi. — Qimirlama, otib tashlayman! Botir firqa qotib qoldi. Raykom To‘raqulovni siymosiga qarab qotdi. Ikki ko‘zi To‘raqulovni siymosida bo‘ldi, bor es-hushi orqa tarafda bo‘ldi. «Men bu yerda oyat o‘qiyotganimni KGB qaerdan bildi ekan? — dedi. — Aytmoqchi, tosh bitikchi! Padarla’nat tosh bitikchi! Demak, tosh bitikchi KGBni agenti ekan! Tosh bitikchini ejakilab-ejakilab gap kovlashidan bilib edim. Bir gapi bor, deb o‘ylab edim. Aniq, tosh bitikchi KGBni agenti, aniq! Endi nima bo‘ladi?» — Pix-pix-pix! — Paq-paq-paq! Botir firqani yonidan birovi chopib o‘tdi. Izidan ikkinchisi quvib o‘tdi. Birovini boshida harbiy kaska-tovoq bo‘ldi. Birovini boshida harbiy telpak — choynakxalta bo‘ldi. Qo‘llarida miltiq — shoxcho‘p bo‘ldi. Bolalar... urush-urush o‘ynadi! Botir firqa... hammomdan chiqmishday yengil bo‘ldi. Botir firqa... yelkasidan bir qop unni tashlamishday yengil bo‘ldi. Qo‘llarini ohista-ohista tushirdi. Bolalarni ketidan qarab-qarab qoldi. «Turq-tarovatidan... qayta quruvchi demokratlarni bolasi! — o‘yladi Botir firqa. — Shunday, tana buzoqni turqi tuqqanidan tamg‘a!» — T-fu! Itdan bo‘lgan qurbonlikka yaramaslar! — dedi. Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling