Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
88 oldi. . Marhumni oti nima — ishi bo‘lmadi. Marhum kimi bo‘ladi — ishi bo‘lmadi. So‘rab- surishtirib kirib bordi. Hovli to‘la... sonsiz olado‘ppi bo‘ldi! Sonsiz beqasam to‘n bo‘ldi. Sonsiz belbog‘ bo‘ldi. Hovli qilt etmas sokin bo‘ldi. Pashsha uchmas sokin bo‘ldi. Nafas bilinmas sokin bo‘ldi. Ushbu sokinlik oti... motam... motam bo‘ldi! Motamda... ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmas bir tovush kezib yurdi. Quloq bilan eshitib bo‘lmas bir tovush uchib yurdi. Ushbu tovush... hovli uzra uchdi. Daraxt yaproqlari bo‘ylab uchdi. To‘n-do‘ppilar uzra uchdi. Ma’yus yuzlar aro uchdi. Mungli ko‘zlar aro uchdi. Yoshli yonoqlar aro uchdi. Ushbu tovush oti... unsiz yig‘i... unsiz yig‘i bo‘ldi! Botir firqa hovli bo‘sag‘asida manzil oldi. Qo‘l qovushtirib o‘tirdi. Gap-so‘z orasida marhumni bilib oldi. «Ha-a, institut dekani ekan-da, — deya o‘yladi Botir firqa. — Dekan bozori chaqqon odam bo‘ladi, og‘zi oshdagi odam bo‘ladi. Dekanni qo‘lida butun boshli fakultet bo‘ladi. Ha-a, shu boisdan ham odam tumonot ekan-da». Tumonot qo‘zg‘oldi: ichkaridan tobut qalqib-qalqib chiqib keldi. Katta ko‘chaga qarab yo‘l oldi. Ana shunda, Botir firqa bir savob olmoqchi bo‘ldi: tobutni bir chetidan besh-o‘n qadam ko‘tarib bormoqchi bo‘ldi... Shu maqsadda tobut ketidan ergashdi. Tobutga qo‘l uzatdi. Tobutga barmoq o‘ynatdi. Ammo qo‘li yetmadi — tobut qadam sayin olislab bordi. Botir firqa qo‘l uzata-uzata qoldi. Tobutga qo‘li yetmagani uchun yoshidan o‘pkalamadi. Quvvatsizligidan-da o‘pkalamadi. Odam tumonot bo‘ldi, tumonot! Botir firqa tumonot odamdan ko‘ngli yorug‘ bo‘ldi. «Qaysiki marhumni janozasiga tumonot odam yig‘ildimi, bo‘ldi, ana shu odam jannati bo‘ladi! — o‘yladi Botir firqa. — Ana, tumonot odam, ana! Demak, professor jannati bo‘ldi, jannati!» Botir firqa tobutga ergashib bordi. Tumonot odamni oralab bordi. Ko‘nglidan manavi gaplar o‘tib bordi: «Mengayam... shuncha odam kelarmikin? — dedi. — Kelmaydi, kelmaydi! Sovet davrida partiya-sovet organlari barchani safarbar etar edi. Pionerlar faxriy qorovulda turar edi. Komsomollar orden-medallar ko‘tarib yurar edi. Kommunistlar otashin nutklar so‘zlar edi. Endi, komsomol ham yo‘q, partiya ham yo‘q. Ammo-lekin o‘lim bor! Ana o‘lim, ana...» Katta ko‘chada odam tag‘in-da ko‘paydi. Odam tumonotdan-tumonot bo‘ldi! «Men bechorani janozamga hech kim kelmaydi! — dedi Botir firqa. — Kizil edi, deb kelmaydi. Kommunist edi, deb kelmaydi. O’z oti o‘zi bilan Botir firqa edi, deb kelmaydi. Shunday ekan, men bechorayam... shu bugun omonatimdan qutulib olsam bo‘lardi! Ana, tayyor tumonot odam. Men bechorayam... shu bugun ketaqolsam bo‘lardi! Ana, o‘z oyog‘i bilan kelgan tumonot. Ana, tayyor tumonot odam, tayyor...» 67 «Siz omonatingizni topshirib kelavering. Buyog‘ini bizga qo‘yib bering». Botir firqa tosh bitikchini ushbu gapini o‘yladi. Chalqancha yotib o‘yladi. Radiodan muzika eshitib o‘yladi. «Omonatni topshirish kerakligini bilaman, — dedi. — Ammo-lekin shu omonatni qanday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling