Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
85 qorachig‘iday avaylaydi. Endi, inson: «dod, dunyodan ketaman», desa-chi? Birov... oting nima, demaydi! Birov... holing nima, demaydi. Hatto, birov... itmisan- eshakmisan, demaydi! «Hay, nomard dunyo, nomard dunyo! — dedi Botir firqa. — Dunyo notanti ekan, notanti! Odam dunyoga kelaman desa... Inga-ingani eshitib... quloqlar ding bo‘ladi! Enaga, hamshira, do‘xtirlar quchoq ochib keladi! Odam: «dunyodan ketaman», desa... Biror zot itmisan-eshakmisan, demaydi! Odam... dardini kimga aytishini bilmaydi! Kampirga aytsammikin? Hay-hay, uv-vos solib yig‘laydi! Dunyoni boshiga ko‘taradi! Do‘xtirdan maslahat so‘rasammikin? Yo‘q, chol aynib qolibdi, deydi. Unda, insonni dunyodan kim kuzatib qo‘yadi? Enaga toifa bir zot bormi? Kimga murojaat etsa bo‘ladi? Kimdan maslahat so‘rasa bo‘ladi?» Botir firqa o‘yladi. Birdan tan-joni iliq-iliq bo‘ldi. Yuz-ko‘zlari yorug‘-yorug‘ bo‘ldi. U shunday maslahatchini topdi. U shunday enagani topdi: «Go‘rkov! Qari odamni enagasi — go‘rkov!» 65 U ulkan darvoza oldida oyoq ildi. Darvoza o‘ngida turmish toshga cho‘kdi. O’tkinchi-ketkinchilarga qarab o‘tirdi. Birorta tanish-bilish uchratmadi. Ko‘ngli tinch bo‘ldi. Ohista qo‘zg‘oldi. Temir darvozadan ichkariladi. Ana shunda, ajab bir sinoatni ko‘rdi: sonsiz qabrlar. Panjara bilan o‘rog‘lik qabrlar. Hovli misol o‘rog‘lik qabrlar. Yalt-yult sag‘analar. Marmar plitalar. Ohanjoma toshlar. Yolg‘izoyoq yo‘llar... «Shahar, misoli shahar! — dedi Botir firqa. — Bu shahar abadiy uyquda yotadi. Mangu oyoq uzatib yotadi. Bu shahar ko‘zlarini yumib o‘ylaydi. Faqat o‘ylaydi. Ana, odamzotni ibtidosi! Ana, odamzotni intihosi! Odamzotni so‘ngga manzili — bir parchagina yer. Odamzotni so‘nggi makoni — bir siqimgana tuproq. Barcha inson ana shu makonga keladi. Inson qip-yalang‘och keladi. Inson ship-shiydam keladi. Men... hammadan oldin kelaman! O’z oyog‘im bilan kelaman!» Botir firqa marhumlar shahri oralab yurdi. Marhumlar yo‘lagi bo‘ylab yurdi. Tevarak- boshga ko‘z solib yurdi. Bo‘sh joy... bo‘sh joy topolmadi! Marhumlar shahri shu qadar seraholi bo‘ldi, shu qadar tig‘iz shahar bo‘ldi! U marhumlar shahri oralab yurdi-yurdi, bir kulbaga duch keldi. Kulba eshigani qiya ochib qaradi: ichkarida bir odam ustachilik qilib o‘tirdi. Usta Botir firqaga bosh irg‘adi. Asbob-anjomlarini yoniga qo‘ydi. Botir firqani ichkari taklif etdi. Bir dumaloq kundani qo‘rsatdi. Botir firqa dumaloq kundaga o‘tirdi. Ustadan hol-ahvol so‘radi. Usta bosh irg‘ab-bosh irg‘ab javob berdi. Botir firqaga bir piyola choy uzatdi. Botir firqa kulba ashqol-dashqollarini tomosha etdi. Bosh irg‘ab-irg‘ab tomosha etdi. — Xo‘sh, keling-keling? — dedi usta. — Shunday... O’tgan-ketganlarni yodga olib deganday? — dedi Botir firqa. — Yaxshi, yaxshi. O’tganlarni xotirlash savob ish. Ba’zi birovlar o‘z ota-onasini qabri qaerdaligini bilmaydi. Ana, obod qilib qo‘ydik. Aylanib ko‘rishingiz mumkin. — Aylanib ko‘rdim. Xo‘p obod shahar bo‘pti! — Qanaqa bo‘pti-qanaqa bo‘pti? — Obod shahar bo‘pti! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling